«Yilning asosiy arzonlatib sotuvi»: 13 iyungacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslariga chegirmalar bor!

  •   DiMaX
  •  889
  •  10.06.2021 14:59

«Yilning asosiy arzonlatib sotuvi»: 13 iyungacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslariga chegirmalar bor!

«Xitoycha Apple» o‘zining Rossiyadagi rasmiy internet-do‘konida «Yilning asosiy arzonlatib sotuvi» («Glavnaya rasprodaja goda») aksiyasini e’lon qildi. Unda smartfonlar, televizorlar, aksessuarlar va Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlarga chegirmalar belgilangan.

O‘QING: AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

Arzonlashtirib sotish doirasida Xiaomi Mi 11 flagmanini 10 ming rublga arzon (85 990 o‘rniga 75 990 rublga) olish mumkin. Kompaniyaning Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro, shuningdek Redmi Note 10 va Redmi Note 8 Pro smartfonlariga esa 4 ming rubllik chegirmalar belgilangan.

Smartfonlardan tashqari, onlayn do‘konda boshqa tur devayslarni ham arzonroq berishyapti. Masalan, unda Mi Robot Vacuum Mop P robot-changyutgichi uchun 6 ming rubllik chegirma belgilangan.

Mazkur aksiya 13 iyun kuni, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi. Unda arzon sotilayotgan tovarlar ro‘yxati bilan tanishish hamda xarid qilish uchun hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz mana bu havola orqali rasmiy do‘konga o‘tishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda ushbu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Dunyo smartfon bozorining 70 foizi shu beshtagina kompaniyaga tegishli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.