Yilning birinchi choragi top ilova va o'yinlari

Yilning birinchi choragi top ilova va o'yinlari

Sensor Tower 2022-yil birinchi choragida App Store va Google Play Store do'konlaridan yuklab olishlar soni bo'yicha top ilovalar va o'yinlar ro'yxatini chiqardi. Unga ko'ra, TikTok ijtimoiy tarmog'i dunyo bo'ylab ikkala ilovalar do'konidan jami 175 milliondan ortiq marotaba yuklab olinib, yilning ilk uch oyligidagi eng top ilova bo'ldi.

Undan keyin esa Meta kompaniyasining uchta ijtimoiy tarmog'i: Instagram, Facebook va WhatsApp ilovalar birin-ketinlikda ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan. Telegram messenjeri esa 100 milliondan ortiq yuklab olishlar soni bilan yilning birinchi choragi bo'yicha dunyodagi eng ko'p yuklab olingan ilovalar top beshtaligini yopadi.

O'yinlarga haqida gapiradigan bo'lsak, "battle royale" janridagi Garena Free Fire otishma o'yini 2022-yil ilk choragida App Store va Google Play Store do'konlaridan dunyo bo'ylab jami 70 milliondan yuklab olishlar soni bilan eng top o'yin bo'lgan.

Chiqarilganiga 10 yil bo'lgan Subway Surfers o'yini hali eng ko'p yuklab olinadigan ilovalar orasida va u 65 milliondan ortiq yuklab olishlar soni bilan ro'yxatning ikkinchi o'rinida turibdi.

O'QING: Telegram yangiliklar lentasi