Yilning eng arzon smartfoni, ammo qo‘sh kamerali va HD-displeyli!

  •   DiMaX
  •  5933
  •  07.12.2017 18:05

Yilning eng arzon smartfoni, ammo qo‘sh kamerali va HD-displeyli!

Yangi yil bayrami arafasida BLUBOO kompaniyasi 2017 yilning eng hamyonbop ikkita smartfonini taqdim etmoqchi. Bular BLUBOO D2 hamda BLUBOO D2 PRO qurilmalari bo‘ladi, deb yozadi Gagadget.

O‘QING: Bor-yo‘g‘i 150 dollarga romsiz Bluboo S8 Plus buyurtma qiling!

Suratlaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, mazkur ikki modelning ham korpusi metall romli shisha panellar bilan jihozlangan. Lazerli sayqallash va nanobo‘yoqlar texnologiyasini qo‘llagan holda ishlanganligi bois, shisha panellar juda qimmatbaho gadjetlardagi kabi hashamdor ko‘rinish olgan. Buning ustiga, BLUBOO D2 modeli po‘lat simli organik shisha bilan, D2 PRO devaysini esa Corning Gorilla 4 himoya shishasi bilan muhofazalangan.

O‘QING: Samsung Galaxy S8’ning uchta romsiz raqibi – katta chegirmada!

BLUBOO D2 diagonali 5.2 dyuymga teng, Sharp kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan HD-displey bilan jihozlangan. Smartfon 4 yadroli MT6580A chipi bazasida ishlaydi. Uning asosiy kamerasi qo‘shaloq modulli (8+8 MP) bo‘lib, LED-chaqnoq bilan jihozlangan. Selfi uchun ham qurilmaning ekrani ustida 8 megapikselli kamera ajratilgan. Bu telefon 3G tarmog‘ida ishlaydi va 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi.

BLUBOO D2 PRO modelining HD-ekrani ham Sharp tomonidan taqdim etilgan, diagonali 5.2 dyuymli. «Yuragi» esa yanada baquvvat – 4 yadroli MT6737 protsessori. 13 megapikselli qo‘shaloq ob’yektivdan iborat asosiy hamda 8 megapikselli modulli old kameralariga ega. Mazkur model 4G Cat 4.0 aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishonchli manbadan «sizib chiqqan» ma’lumotga ko‘ra, BLUBOO D2 modeli atigi 50 AQSh dollariga narxlanadi, deyiladi xabarda. BLUBOO D2 PRO esa 80 dollar narxida bozorga taqdim etilishi aytilmoqda. Bu qurilmalarning rasmiy taqdimoti shu yilning 12 dekabrida bo‘lib o‘tadi. Ular haqida batafsil ma’lumotni esa BLUBOO saytidagi maxsus sahifadan olish mumkin.

O‘QING: Ekspertlar kuzning 5 ta eng yaxshi hamyonbop smartfonlarini aytishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!