Yilning eng hamyonbop 3 ta smartfonidan eng yaxshisini tanlaymiz!

Yilning eng hamyonbop 3 ta smartfonidan eng yaxshisini tanlaymiz!

2018 yilda bir-biridan qiziqarli smartfon modellariga guvoh bo‘lyapmiz. Hozircha eng arzon smartfonlar orasida eng maqbullari sifatida Xiaomi Redmi 5 Plus, Meizu M6S hamda Honor 9 Lite modellarini keltirish mumkin. Quyida ularning eng muhim jihatlari xususida to‘xtalmoqchimiz.

Har uchala modelning korpus formasi bir xil bo‘lsa ham dizayniga ko‘ra ular bir-biridan farqli jihatlarga ega. Smartfonlar korpusi yonlari yassi va ekran o‘lchami, nisbati ham bir xil – 18:9 standartli. Hattoki ulardagi barmoq izi skanerining joylashuvi ham o‘xshash. Faqat Meizu M6s'ning skaneri yon tomonga joylashtirilgan.

Honor brendi an’anani buzmagan va 9 Lite modelidan pishiq shishani qizg‘onmasdan, himoya uchun uni ekran yuzasiga yotqizgan. Natijada smartfon old panelining jozibadorligi oshgan. Ayniqsa, bunday yechim old panelga diqqatli bugungi yoshlarning e’tiborini darrov jalb qiladi. Xulosa chiqarishga shoshmang.

Mazkur modelning raqiblaridan farqi — metalldan to‘liq voz kechib, plastik korpusga ega bo‘lgani. 2018 yilda bunday yondshuvunchalik ham to‘g‘ri emas.

Meizu M6s modeli esa eng hamyonbop model ham bugungi kunda metall korpusga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib turibdi — u to‘liq metall korpusga ega bo‘lgan. Ko‘pchilikning fikricha, u shuning uchun ham bir qarashda arzon modeldek taassurot qoldirmaydi. Redmi 5 Plus ham metall, faqat orqa paneldagi yuqori va past qism antenna uchun plastikdan ishlangan.

Raqiblarning barchasida ekran tomonlari 18:9 nisbatli. Nisbatan sifatli IPS matritsaga 6 dyuymli va Full HD+ (2160x1080 pikselli) sig‘imli Redmi 5 Plus ega bo‘lgan. Bu ekrandagi ranglar haroratini sozlash ham mumkin, shuningdek  tashqi muhitga ko‘ra avto-yoritish tizimi ham ko‘ngildagidek ishlaydi.

Ekran sifati bo‘yicha keyingi o‘rinda Meizu smartfoni turadi: IPS matritsaning o‘lchami 5.7 dyuymli va sig‘imi HD+ (1440 x 720 pikselli). 5.7 dyuymli virtual maydonda tasvirning aks etishi yoqimli. m6s modelida piksel sig‘imi kamroq bo‘lsa ham, matritsa sifatli ishlab chiqarilgan, bir qarashda uning HD ekanini payqash qiyin. Ayniqsa, tasvirning markaz va yonlarda aks etishi bir xil – yaxshi.

Honor 9 Lite modelining IPS-displeyi esa 5.65 dyuymli va sig‘imi yuqori – FullHD+ (2160x1080 pikselli). Shunday bo‘lsa ham, tasvir ranglari o‘rtasidagi qarama-qarshilik unchalik ham yuqori emas. Smartfonning yorug‘lik bilan ishlash ko‘nikmasi ham past. Ekran masalasida bu gal Honor bir oz oqsagan ko‘rinadi.

Barcha smartfonlarning muhim jihati bor — "yurakchalari". Honor 9 Lite ishlab chiqaruvchining shaxsiy chipiga ega bo‘lgan  — Kirin 659 chipi 8 yadroli. Undagi tasvirni qayta ishlashga ARM Mali-T830 MP2 (2 yadroli) video kartasi mas’ul.

Meizu M6s chipini esa Samsung ishlab chiqargan — Exynos 7872 protsessori 6 yadroli (A53x4+A73x2), grafik-tasvir uchun Mali-G71 x3 video kartasi mas’ul. Aytish kerakki, biz ko‘rayotgan 3 smartfon protsessorlari ichida eng kuchlisi ana shu hisoblanadi.

Xiaomi Redmi 5 Plus smartfoni Snapdragon 625 chipiga ega bo‘lgan. Adreno 506 raqiblarinikidan kuchli va smartfonning qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har uchala smartfonlar 3 gigabaytli va LPDDR3 rusumidagi tezkor xotiraga, 32/64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

Grafikaga boy World Of Tanks o‘yinini bu smartfonlarda o‘ynab ko‘radigan bo‘lsak, natija shunday: Honor 9 Lite hamda Meizu M6s tasvirni qayta ishlash va namoyish qilishda qiynalsa, Xiaomi Redmi 5 Plus ekranida har sekundda 50 ta kadr uzatiladi va tasvir uzilishsiz ishlay oladi. Shuningdek, Honor 9 Lite kuchli chipsetga ega bo‘lgani tufayli bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlar bilan ishlash imkoniyati mavjud.

Ko‘pchiligimiz uzoqqa yetadigan kuchli akkumulyatorli smartfonlarni orzu qilamiz. Uchala smartfon orasida bu boradagi ilg‘ori — Redmi 5 Plus. Uning litiy-polimer (Li-Pol) akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA soat.

Meizu M6S'ning batareya sig‘imi 3000 mA soat va uni yarim soatda 52% ga to‘ldirish mumkin.

Honor 9 Lite'ning akkumulyatori 3000 mA soat sig‘imli tokni jam qiladi.

Meizu va Honor smartfonlarining akkumulyatorlari smartfondan faol foydalanganda 5 soatga yoki o‘rtacha foydalanganda 1 kunga yetadi. O‘yin o‘ynaganda esa 10 daqiqada 10 foiz quvvat sarf qilinadi, degani.

Meizu m6s modeli Android 7.1 operatsion tizimining Flyme 6.1.3 talqinida, Honor 9 Lite esa Android 8.0'ning EMUI 8.0 talqinida,  Xiaomi Redmi 5 Plus esa Android 7.1'ning MIUI 9.0 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Bu borada hozircha Honor 9 Lite oldinda.

So‘nggi paytlarda smartfonlar bir-biri bilan juda o‘xshash va endi ularning o‘ziga xos jihatlariga diqqat qilish kerak. Misol uchun, Redmi 5 Plus modeli infra qizil porti bilan ajralib turadi.

Meizu M6s esa korpus yonida joylashgan barmqo izi bilan ajralib turadi.

Honor 9 Lite modelining bosh o‘ziga xosligi — 4 ta kamerasi: old panelda va orqa panelda 2 tadan kameralar. Bu degani unda orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish mumkin. Xulosa chiqarishga shoshilmang.

Eng qiziq jihat kamera bilan bog‘liq. Honor 9 Lite 4 kamerali. Biroq, Xiaomi Redmi 5 Plus yangi sensorga ega bo‘lgani uchun undan ancha yaxshi surat oladi. Old kamera borasida Redmi 5 Plus yutqazsa ham, uning bosh kamerasida 4K sig‘imli video yozish funksiyasi bor. Raqiblar uchun esa bu – orzu!

Piksel raqamlari borasida Meizu M6s g‘olib bo‘lsa ham, surat sifati bo‘yicha yomon natijani ko‘rsatadi. Honor smartfoni olgan suratlar sifati esa undan ham yomonroq.

Meizu M6s musiqa va ovoz uzatishda chaqqon va aniq harakat qiladi. Redmi 5 Plus modelida ovoz bir oz yuqori. Honor 9 Lite esa ovoz uzatishda bir oz qiynaladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, hamyonbop va sifatli smartfon ishlab chiqarishda Xiaomi o‘rnini yo‘qotmadi. Arzon smartfonlar bozorida unga munosib raqib yo‘q. Meizu yoki Honor modellari esa ovoz, ekran sig‘imi yoki material korpusi masalasida oqsaydi. Xiaomi Redmi 5 Plus ayrim jihatda orqada qolsa ham, aksariyat funksiya va o‘ziga xosliklari bilan raqiblaridan yaqqol ustun.

Narx va navo!

Xiaomi Redmi 5 Plus Xitoyda $150 AQSh dollaridan (3/32 GB talqini) boshlab, $200 AQSh dollarigacha (4/64 GB) turadi. Ayni kunlarda bu modelning 4/64 GB talqinini "Malika"dan 1,300,000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Honor 9 Lite sotuvga 2017 yilning 26 dekabrdan boshlab chiqariladi. Uning arzon, ya’ni 3/32 Gb xotiraga ega talqini $182, o‘rta modifikatsiyasi, 4/32 Gb xotirali versiyasi $228 hamda yuqori, ya’ni 4/64 Gb xotira talqinidagisi $273 AQSh dollaridan sotiladi.

Meizu M6s smartfoni Xitoyda 2018 yilning 19 yanvardan sotuvga chiqarildi. Uning 32 GB xotirali talqini uchun $155, 64 GB talqini uchun $186 dollar so‘ralmoqda.