Yilning eng innovatsion kompaniyalari (2022)

Yilning eng innovatsion kompaniyalari (2022)

Boston Consulting Group (BCG) yilning iqlim va barqarorlikka ko'ra eng innovatsion deb topilgan 50 ta kompaniyalar ro'yxatini e'lon qildi. Unda Apple kompaniyasi (yana) birinchi o'rinni egallagan.

Faxrli ikkinchi o'rinni Microsoft kompaniyasi egallagan bo'lsa, top uchlik Amazon kompaniyasi bilan yakunlanadi. Shuningdek, Google'ning bosh kompaniyasi, Alphabet, to'rtinchi, Ilon Maskning Tesla'si yettinchi, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi esa oltinchi o'rinni band qilgan.

Foto: BCG

Qolaversa, ro'yxatda taniqli texno-gigantlardan Meta, HP va Xiaomi kompaniyalari ham bo'lib, ular mos ravishda 11-23 va 31-o'rinlarda turishibdi.

Ta'kidlash joizki, Nvidia, ByteDance (TikTok) va boshqalar to'q yashil belgili kompaniyalar ro'yxatga yangi qo'shilgan.

O'QING: Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda tarqatib yuborildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!