Yilning eng kutilayotgan kamerofoni Geekbench’da test topshirdi

  •   DiMaX
  •  777
  •  20.02.2021 11:04

Yilning eng kutilayotgan kamerofoni Geekbench’da test topshirdi

Avvalroq biz yilning eng zo‘r kamerofoni bo‘lishi aytilayotgan Find X3 Pro xususiyatlari va ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilgan edik. Ta’kidlash kerakki, bu flagman 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni ro‘yxatiga ham kirgan. Uning standart versiyadagi sherigi esa...

O‘QING: OPPO Find X3 allaqachon Antutu testidan o‘tdi: uning Find X3 Pro’dan asosiy farqi nimada?

OPPO kuni kecha Find X3 Pro modelini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar ushbu kamerofonning asosiy texnik xususiyatlarini fosh etdi.

Demak, ushbu flagman Snapdragon 888 protsessori bazasida tayyorlangan hamda 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Shuning evaziga Find X3 Pro yakka yadroli imtihonda 952 ball, ko‘p yadroli testda esa 3154 ball to‘plagan. Biroq protsessorning maksimal takt chastotasi 1,8 GGs.ni tashkil etadi.

OPPO ushbu mahsulotini 6,67 dyuymlik o‘lchamdagi, kadr yangilanish chastotasi 120 gersga yetuvchi QHD+ displey bilan ta’minlamoqda. Uning xuddi mikroskop kabi ishlay oluvchi bosh kamerasida 50 megapiksellik Sony IMX766 datchigidan ikkitasi qo‘llanadi. Find X3 Pro akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 65 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

Eslatib o‘tamiz, biz 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Lekin OPPO kompaniyasi hali rasman namoyish etmagan Find X3 Pro flagmani bularning barchasidan ham oshiq natija ko‘rsatgan.

OPPO yangi smartfonlar seriyasini mart oyida taqdim etishi hamda unga Find X3, Find X3 Pro, Find X3 Neo va Find X3 Lite modellari kirishini aytishmoqda.

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!