Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1004
  •  08.05.2019 14:12

Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

Electronic Arts ta’kidlashicha, Respawn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan «shohona jang» janridagi Apex Legends o‘yini eng tez o‘suvchi auditoriyasi bilan e’tiborga loyiq bo‘ldi. Uning atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

Dastlab kompyuterlar va o‘yin konsollari uchun taqdim etilgan Apex Legends endi mobil platformalarga ham ko‘chiriladi. Electronic Arts allaqachon bu ish bilan shug‘ullanuvchi studiyalar bilan muzokaralar olib borayotganligini ma’lum qilgan.

Quyida Apex Legends o‘yinining rasmiy treylerini tomosha qilamiz:

EA eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlari bilan nafaqat konsollar va kompyuterlarda, balki mobil qurilmalarda ham raqobatga kirishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Fortnite o‘yinini geympad orqali ham o‘ynash mumkin va u barcha platformalarda ommalashgan.

Darvoqe, shu kunlarda Sony PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsolini Terashop.uz internet-do‘konimizdan chegirma bilan – 2 665 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!