Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

  •   DiMaX
  •  4313
  •  14.12.2019 15:47

Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

Kuni kecha – 13 dekabr kuni videoo‘yinlar olamidagi o‘ziga xos «Oskar» hisoblanuvchi yillik The Game Awards sovrini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashganlar ro‘yxatini mana bu maqolamizda berganmiz:

O‘QING: The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Bu yilgi TGA taqdimot tadbirida eng ko‘p sovrinni Disco Elysium o‘yini oldi – to‘rtta nominatsiya bo‘yicha. Xideo Kodzima taqdim etgan Death Stranding o‘yini bo‘lsa uchta haykalcha bilan mukofotlandi. Biroq tantananing so‘ngida eng zo‘r o‘yin, deya Sekiro: Shadows Die Twice e’tirof etildi.

Quyida esa barcha nominatsiyalar bo‘yicha The Game Awards 2019 g‘oliblarini va ulardan ayrimlarining videolarini e’lon qilmoqdamiz.

  1. Yilning eng zo‘r o‘yini – Sekiro: Shadows Die Twice

  1. Eng yaxshi ekshen: Devil May Cry 5

  1. Eng yaxshi sarguzashtli ekshen-o‘yin: Sekiro: Shadows Die Twice
  2. Eng yaxshi RPG: Disco Elysium

  1. Eng yaxshi fayting: Super Smash Bros. Ultimate

  1. Butun oila uchun eng yaxshi o‘yin: Luigi's Mansion 3

  1. Eng yaxshi strategiya: Fire Emblem Three Houses

  1. Eng yaxshi sport o‘yini: Crash Team Racing Nitro-Fueled

  1. Eng yaxshi ko‘p ishtirokchili o‘yin: Apex Legends

  1. Eng yaxshi VR/AR o‘yin: Beat Saber

  1. Eng yaxshi mobil o‘yin: Call of Duty Mobile

  1. Indi-dasturchining eng yaxshi debyuti: Studio ZA/UM (Disco Elysium)

Darvoqe, ko‘pchilikka notanish bo‘lgan «indi-o‘yin» atamasi haqida mana bu maqolamizda O‘QING: 2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari

  1. Eng yaxshi rejissura: Death Stranding

  1. Eng yaxshi narrativ: Disco Elysium
  2. Eng yaxshi art-direkshen: Control
  3. Eng yaxshi saundtrek: Death Stranding
  4. Eng yaxshi aktyorlik o‘yini: Mads Mikkelsen (Kliff, Death Stranding)
  5. Ijtimoiy muammoni ko‘targan (Games for Impact) eng yaxshi o‘yin Gris

  1. Eng yaxshi servis: Fortnite

  1. Eng yaxshi indi-igra: Disco Elysium
  2. Eng yaxshi saund-dizayn: Call of Duty Modern Warfare

  1. Onlayn-o‘yinning eng yaxshi qo‘llab-quvvatlanishi: Destiny 2

  1. Eng yaxshi strimer: Maykl «Shroud» Grjesik
  2. Eng yaxshi kibersportiv o‘yin: League of Legends
  3. Eng yaxshi kibersportchi: Kayl «Bugha» Girsforf
  4. Eng yaxshi kibersport jamoasi: G2 Esports (League of Legends)
  5. Eng yaxshi kibersport tadbiri: League of Legends World Championship 2019

  1. Eng yaxshi kibersport murabbiyi: Denni «Zonic» Sorensen (Astralis)
  2. Eng yaxshi kibersport boshlovchisi: Efe «sjokz» Depoortere

Yilning eng zo‘rlari orasida siz qiziqqan o‘yinlar ham bor ekanmi? Yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting.

O‘QING: O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!