Yilning eng zo‘r selfifoni sotuvga chiqdi: chegirma va muddatli to‘lov

  •   DiMaX
  •  2602
  •  12.12.2019 09:51

Yilning eng zo‘r selfifoni sotuvga chiqdi: chegirma va muddatli to‘lov

Huawei shu yilning 5 dekabr kuni Nova 6 hamda Nova 6 5G rusumli yangi smartfonlarini namoyish etgandi. DxOMark esa hatto rasmiy taqdimotidan ham avval bulardan ikkinchisining selfi-kamerasini tekshiruvdan o‘tkazib, eng zo‘r selfifon, deya e’lon qilgandi.

O‘QING: Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Ushbu ikki model uchun ham shu kungacha oldindan buyurtma ochilgan bo‘lsa, bugun – 12 dekabrdan ular Xitoyda erkin savdoga qo‘yildi. Buning ustiga, smartfonlarni 12 oylik muddatli to‘lovga olish mumkin; haqini birato‘la to‘lab oluvchilarga esa 7 dollarlik chegirma qilinyapti.

Narxlariga keladigan bo‘lsak, Nova 6 faqat bir xil – 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotirali konfiguratsiyada chiqarilyapti va 455 dollarga narxlangan. Nova 6 5G esa ikki versiyada sotilyapti: 8/128 gigabaytligi 540 dollar, 8/256 gigabaytligi esa 600 dollardan.

Har ikkala smartfon ham Kirin 990 protsessori, 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan. Displeyga o‘yilgan old kamera qo‘shaloq – 32 va 8 megapiksellik, bosh kamera esa 40, 8 va 8 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!