Yilning kutilgan yana bir kamerafoni taqdim etildi

Yilning kutilgan yana bir kamerafoni taqdim etildi

Huawei kompaniyasi o‘zining Mate 50 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyadan Mate 50, Mate 50 Pro va Mate 50 RS Porsche Design smartfonlari o‘rin olgan. 

Uchala model ham Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlangan. AQSh sanksiyalari sabab hech bir model 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Pro modelning 512GB xotiraga ega turi bo‘lib, uni maxsus karta bilan yana 256GB gacha kengaytirish mumkin. 

Mate 50 Pro seriyadagi eng ahamiyatli model hisoblanadi. Unga 120 gerts chastotada ishlovchi 1212 x 2616 piksel rezolyutsiyadagi 6.74 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. Ekrandagi “qosh“ sabab displey rezolyutsiya noodatiy raqamlarni hosil qilgan. 

Mate 50 Pro modeli f/1.4 dan f/4.0 gacha bo‘lgan oltita o‘zgaruvchan diafragma hamda optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera, bundan tashqari, f/2.2 diafragma linzali 13MP ultrakeng kamera hamda 3.5x optik zum hamda optik stabilizatsiyaga ega 64MP telefoto kamera bilan jihozlangan. 

Kamera tizimiga 10 kanalli multispektral sensor va lazerli avtofokus yordam beradi. RS Porsche Design modeliga 64 megapikselli telefoto kamera o‘rniga 48 megapikselli makro funksiyasiga ega periskop kamera o‘rnatilgan. Old tomonda f/2.4 diafragmadagi 13MP selfi kamera hamda 3D ToF sensori o‘rin olgan.

Smartfon 4,700 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 66 vattda simli, 50 vattda esa simsiz quvvlash mumkin. Favqulotda quvvatni tejash rejimi orqali esa 1% quvvat bilan smartfon uch soatgacha yoniq turishi mumkin. 

Qurilmaning ko‘k, oq, to‘q sariq, siyohrang hamda qora rangli turlari taqdim etildi. Siyohrang va qora ranglarning ham shisha, ham charm bilan qoplangan turi mavjud. Mate 50 RS esa faqat siyohrang va ko‘k ranglarda, orqa paneli keramikadan bo‘ladi. 

Boshqa diqqatga sazovor xususiyatlar orasidan smartfon Beidou Satellite Message 3 protokoliga asoslangan sun’iy yo‘ldosh ulanishiga ega ekanligini aytish mumkin. Bu, aslida, foydaluvchiga uyali aloqa tarmog‘isiz ham xabar va manzilni jo‘natish imkonini beradi.

Mate 50 modeli esa 90 gerts chastotada ishlovchi 6.7 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan. Uning asosiy va ultrakeng kamerasi Pro modelniki bilan bir xil. Birgina farq oddiy modelga f/2.4 diafragmadagi 5x zumli 12MP telefoto kamera o‘rnatilgan. 

Akkumulyator ham biroz kichikroq - 4,460 mAs. Zaryadlash tezligi va rang turlari esa Pro model kabi. 

Barcha smartfonlar HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydi. Ularning narxi quyidagicha:

Mate 50 (128GB) - 720 dollar

Mate 50 Pro (256GB) 980 dollar

Mate 50 RS Porsche Design - 1870 dollar

Hozircha ushbu smartfonlarning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum. 

O‘QING: Huawei 230 dollarlik smartfonni sotuvga chiqardi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.