Yilning may oyida yuklab olinish bo'yicha eng top o'yinlari o'ntaligi

Yilning may oyida yuklab olinish bo'yicha eng top o'yinlari o'ntaligi

Sensor Tower kompaniyasi 2022-yilning may oyida dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan mobil o'yinlar top o'ntaligi ro'yxati bilan ulashdi. Unga ko'ra, umumiy va App Store ilovalar do'koni ro'yxatining birinchi o'rnini o'tgan oyda o'zining 10 yilligini nishonlagan Subway Surfers o'yini 30 milliondan ortiq yuklab olinish bilan egallagan.

Garena tomonidan taqdim qilinayotgan Free Fire shuter o'yini esa umumiy ro'yxatning ikkinchi o'rnini, shu bilan birga, Google Play Store'dan yuklab olinish bo'yicha esa birinchi o'rinni band qildi.

Shuningdek, ro'yxatda Apex Legends Mobile, Tall Man Run, Deliver It 3D va Stumble Guys kabi yangi o'yinlarni ham ko'rishimiz mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, o'tgan may oyida dunyo bo'ylab App Store va Google Play Store'dan mobil o'yinlar yuklab olishlar soni 4.8 milliardga yetgan. Bunda jami yuklab olishlarning 19.2 foizi yoxud 916 milliondan ortig'i Hindistonga to'g'ri keladi va bu eng ko'pidir. Yuklab olishlar bozorining ikkinchi o'rinida esa 8.4% bilan Amerika egallagan bo'lsa, undan keyingi uchinchi o'rinda 7.9% bilan Brazilya turadi.

O'QING: Telegram Premium foydalanuvchilarni o'ziga jalb qila olmayapti