Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

  •   DiMaX
  •  4232
  •  16.09.2019 09:04

Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Hindiston smartfon bozori yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, shu bois ishlab chiqaruvchilar imkon qadar ushbu mamlakat ehtiyojlariga mos qurilmalarni ko‘p chiqarish va sotishga harakat qilishadi. Samsung ham keyingi yillarda yangilangan Galaxy A hamda arzon Galaxy M turkumi vakillarini aynan «fillar o‘lkasi»da taqdim etib kelayotgani bejiz emas.

O‘QING: Galaxy M10s'ning foydalanuvchi qo‘llanmasi paydo bo‘ldi

Shunga qaramay, joriy yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigant Hindiston smartfon bozorida atigi uchinchi o‘rinnigina egallab turibdi. Yaqqol yetakchilik Xiaomi’ga tegishli bo‘lib, g‘oliblik shohsupasini u hali-veri birovga beradigan emas. Atigi bir yarim yil avval asos solingan Realme brendiga esa qoyil qolmay iloj yo‘q – Samsung’dan o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan!

Mana, Counterpoint tahlil kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, ikkinchi chorak Hindistondagi smartfonlar onlayn bozorida turli brendlarning o‘rni va ulushi quyidagicha:

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchli beshlikdagi Realme, Samsung, Asus va Huawei kabi brendlar Xiaomi’dan yirik farq bilan ortda qolishgan.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz yettinchi hafta)

Shuningdek, tahlilchilar Hindiston bozorida eng xaridorgir bo‘lgan smartfon modellarini ham keltirib o‘tishgan. Unga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida eng bozori chaqqon qurilmalar beshtaligiga faqatgina Xiaomi hamda Realme vakillari kirgan:

Ko‘rib turibsizki, hindistonliklar Xiaomi Note 7 Pro, Redmi 6A (sotib olish), Realme C2, Realme 3 hamda Redmi Note 7 (xarid qilish) smartfonlarini eng ko‘p olayotgan ekanlar.

Eslatib o‘tamiz: Terashop.uz internet do‘konimizda turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, Samsung’ning har xil modellarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!