Yo chikka, yo pukka: har bir iPhone taqdimoti Apple aksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

  •   DiMaX
  •  784
  •  14.09.2018 10:18

Yo chikka, yo pukka: har bir iPhone taqdimoti Apple aksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Kuni kecha Apple o‘zining iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soati taqdim qilgandi. Ammo bu tadbir korporatsiyaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi, balki aksincha...

O‘QING: Yangi iPhone’lar taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi tushib ketdi

Umuman olganda, kupertinolik korporatsiyaning yillik taqdimot tadbirlaridan so‘ng aksiyalari narxlarida ko‘tarilish ham, pastlash ham kuzatilib kelgan. 2018 yilgi o‘zgarish deyarli bir yarim foizni tashkil etadi va bu unchalik ham yomon holat emas. Bundan battari ham bo‘lgan – iPhone 4 namoyishidan keyin Apple aksiyalari deyarli to‘rt foizga arzonlab ketgandi.

Ammo o‘zgarishlar hamishayam salbiy emas, hatto ijobiy o‘zgarishlarning umumiy salmog‘i kattaroq ham. Birinchi ayfon taqdimotidan so‘ng «olmali» korporatsiya aksiyalari naq 13,94 foizga «sakrab» ketgandi. Shuningdek, iPhone 5S/5C hamda iPhone 7 modellarini ham bozor yaxshi kutib olgan – bularda Apple aksiyalarining narxlari 6 foizdan oshiqqa oshgan.

O‘QING: Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Xullas, o‘tgan 12 yilgi taqdimotlardan so‘ng kupertinolik korporatsiya aksiyalari narxlarida teng sonda – olti martadan yuksalish va pasayish yuz bergan. Quyida shularni jadval holida e’tiboringizga havola etmoqdamiz:

Apple aksiyalarining narxlari qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, internet-do‘konimizda ushbu korporatsiyaning smartfonlarini qulay narxlarda, kafolati bilan onlayn xarid qilish imkoni mavjud. Bunda yurtimizning istalgan joyidan turib buyurtma bera olishingiz, to‘lovni o‘zingizga ma’qul usulda amalga oshirishingiz, hatto tovar qo‘lingizga tekkanidan so‘ng ham to‘lashingiz mumkinligi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)