«Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

  •   DiMaX
  •  1621
  •  03.04.2021 16:52

«Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Amerikalik Humble Motors startapi 2020 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyodagi birinchi quyosh energiyasi bilan ishlaydigan yo‘ltanlamas avtomobilini yaratdi. Bu xususda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

Mashinaning tomidagi quyosh panellarining maydoni 7,5 kvadrat metrni tashkil etadi, bu esa tarmoq bo‘lmaganda ham avtomobilning to‘liq quvvatlanishini ta’minlaydi.

Avtomobil quyosh energiyasi orqali kuniga 10 km masofani bosib o‘tishga qodir. Avtoulovning og‘irligi 1814 kilogrammni tashkil etadi.

Quyosh energiyali avtomobil 100 km/soatlik tezlikka juda tez – Tesla Model S Plaid elektromobilidan 1,99 soniyaga tezroq yetadi. Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask kompaniyasi avvalroq uning rekordini videoda ko‘rsatgan edi.

O‘QING: Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.