«Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

«Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

Erta-indin tijoriy foydalanishga topshirilishi kutilayotgan 5G-tarmoqlar AQShdagi ob-havoni prognozlash tizimini ishdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Xabar.uz sayti xorijiy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

5G-tarmoqlardan taralayotgan xalaqitlar meteosharoitlarni prognozlash aniqligini 30 foizgacha pasaytirib, 1980-yillar darajasiga tushirib yuboradi.

Oqibatda qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchilarda dovullarga qarshi hozirlanishga ikki-uch kunga kechikadi. Kamiga, noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli sinoptiklar dovul yo‘lini xato aytishlari mumkin.

Jeykobs bu gaplarni AQSh kongressining 24 gigagersli chastotani simsiz aloqa operatorlariga sotishga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytdi. Eslatish o‘rinliki, AQSh aloqa bo‘yicha federal komissiyasi (FCC), NOAA, NASA va Amerika meteorologiya jamiyati olimlarining e’tiroziga qaramay, chastotalarni kimoshdi savdosiga qo‘ygandi.

Shu haftada senatorlar FCC rahbari Ajit Payga murojaat qilib, maqbul yechim topilgunicha 24 GGs polosani sotmay turishni so‘rashdi.

Suv bug‘lari 23,8 GGs chastotada atmosferada juda kuchsiz signal (sinoptiklarga shu kerak) chiqaradi. Muammo shundaki, u beshinchi avlod aloqa tarmog‘i uchun ajratilayotgan chastotaga (24 GGs) juda yaqin. Uning yechimlaridan biri yo‘ldoshlardagi uzatgichlarni «bo‘g‘ib qo‘ymasligi» uchun qurilmalarning quvvatini pasaytirishda ko‘rilmoqda.

Omadingizni sinab ko‘ring!

Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti - Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib saytimizning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

O‘QING: 5G tarmog‘iga nazar: imkoniyatlar, muammolar va smartfonlar...