Yomon xabar: Google'ning ommabop xizmatlaridan biri endi pullik bo‘ladi!

Yomon xabar: Google'ning ommabop xizmatlaridan biri endi pullik bo‘ladi!

Google Photos xizmatidan yaxshi xabardorsiz. Ushbu xizmatning eng muhim jihatlaridan biri cheklanmagan foto va videolarni siqilgan formatda bulutga nusxlash imkoniyatidir. Ammo Google 2021-yil 1-iyundan boshlab ushbu imkoniyatlar mavjud bo‘lmasligini e’lon qildi.

Kelasi yil 1-iyundan boshlab, Google Photos'ga joylangan har bir fayl 15GB xotiraga bog‘liq holda hisoblanadi.

1-iyundan boshlab Google Photos'ga yuklangan barcha fayllar har bir yangi Google hisobi uchun taqdim qilinadigan 15GB standart xotira hisobidan hisoblanadi. Agar Google One'ga a’zo bo‘lsangiz, fayllaringiz ana shu xotiradan hisoblanadi.

Ilgari, siqilmagan “Original“ sifatda joylangan ramlargina 15GB xotira hisobidan hisoblanardi. Siqilgan “Yuqori“ sifatda joylangan rasmlar uchun hech qanday xotira hisobi yuritilmasdi. 1-iyundan boshlab esa, bularning barchasi teng ustuvorlikka ega bo‘ladi.

Ushbu yangi qoidalarning e’tiborga molik bir necha jihati bor. Avvalo, 1-iyunga qadar bulutga yuklangan barcha rasmlar 15GB xotira hisobidan hisoblanmaydi. Ushbu o‘zgarish faqatgina ko‘rsatilgan sanadan keyin yuklangan rasmlargagina amal qiladi.

Shuningdek, sizdan 1-iyundanoq to‘lovni amalga oshirish talab qilinmaydi. Agar bepul taqdim qilinuvchi 15GB xotirangiz hali to‘lmagan bo‘lsa, xizmatdan hech qanday to‘lovlarsiz foydalanishda davom etishingiz mumkin. Agar bu xotira to‘lgan bo‘lsa va xizmatdan foydalanishda davom etmoqchi bo‘lsangiz, sizdan Google One rejalaridan birini tanlash so‘raladi.

Agar xizmatdan ikki va undan ortiq muddat ichida faol ravishda foydalanmasangiz, Google bir qator servislardagi kontentlaringizni o‘chirib tashlashi mumkin.

Agar Pixel smartfon ishlatsangiz, alohida belgilangan muddat davomida rasm va videolaringiz uchun cheksiz tekin xotiradan foydalanishda davom etasiz.

2021-yil iyunga kelib, Google bulutga nusxalangan foto va videolaringizni boshqarish uchun maxsus funksiya taqdim qiladi. Bu bilan saqlab qolmoqchi va o‘chirib yubormoqchi bo‘lgan fayllaringizni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu funksiya avtomatik ravishda qorong‘i yoki shuvalgan rasmlarni hamda katta hajmli videolarni ajratib ko‘rsatadi.

Ushbu o‘zgarish Google Photos'ning barcha platformalardagi, jumladan, Android, iOS va desktop foydalanuvchilariga amal qiladi.

O‘QING: Google «bepul» VPN servisini ishga tushiryapti