«Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

  •   DiMaX
  •  13954
  •  22.01.2019 17:23

«Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Xiaomi kompaniyasi yaqindagina Redmi turkumini mustaqil brend sifatida ajratib, uning ilk vakilini taqdim etgandi. Hamyonbop bo‘lsa-da, 48 megapiksellik kamerasi, shuningdek, ekrani va korpusining mustahkamligi bois Redmi Note 7 juda tez ommalashdi.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Turli videolarda ushbu smartfonni yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, displeyi ustida turli mahsulotlarni oshpichoqda chopib hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, Redmi Note 7’ning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatilgan, yana mustahkamligi metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida sinalgan videolarini ham chiqarganmiz.

Keyingi paytlarda muxlislarimiz Terabayt.uz saytimizga hamda Tearshop.uz internet-do‘konimizga murojaat etib, Redmi Note 7 modeli o‘zimizda savdoda bor-yo‘qligi haqida savollar berishmoqda. Shuni inobatga olib, biz umumiy javob tarzida ushbu maqolani tayyorladik.

Avvalo, Redmi Note 7 hali yaqindagina taqdim etilib, Xitoyning o‘zida 15 yanvardan sotuvga chiqarilgan. O‘sha yerning o‘zidayoq talash bo‘layotganini hisobga olsak, yaqin orada boshqa mamlakatlar bozoriga chiqishini kutmay qo‘yaqolganimiz ma’qul.

O‘QING: VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

Qolaversa, uning narxi 150 dollardan boshlanadi, deganda, unga ishlab chiqaruvchining o‘zi belgilagan narx nazarda tutilgan. Hozircha hattoki Xitoyning o‘zida ham uni bu narxga sotib olish qiyin, boshqa mamlakatlarda yanada qimmat bo‘lishi tabiiy.

Lekin aynan shu modelga juda qiziqayotgan bo‘lsangiz, uni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun AliExpress onlayn platformasidan xarid qilish imkoni mavjud. Biz ushbu internet-bozorda Redmi Note 7 modelining turli xotiraga ega variantlari narxlarini o‘rganib chiqib, sizlarga taqdim etmoqdamiz. Quyidagi ro‘yxatda uning uchta konfiguratsiyaga ega variantlarining narxlari va har birining yonida «Sotib olish» tugmachasida uning xarid sahifasiga o‘tish havolasi berilgan:

  1. Xiaomi Redmi Note 7 (3/32 GB, qora va ko‘k) – 186 dollar – Sotib olish;
  2. Xiaomi Redmi Note 7 (4/64 GB, qora, ko‘k va pushti) – 215 dollar – Sotib olish;
  3. Xiaomi Redmi Note 7 (6/64 GB, qora, ko‘k va pushti) – 260 dollar – Sotib olish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, narxi 100 AQSh dollaridan oshiq bo‘lgan tovarlarni xalqaro internet-do‘konlardan xarid qilganda, uning narxidan tashqari, yana bojxona to‘lovi ham olinadi.

O‘QING: AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!