Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

  •   DiMaX
  •  1100
  •  23.06.2021 17:30

Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

MIUI 12.5 grafik qobiq talqinining so‘nggi beta-versiyasida xavfsizlik bo‘yicha yangi funksiya paydo bo‘ldi. Foydalanuvchi o‘z smartfonini yo‘qotib yoki o‘g‘irlatib qo‘ysa, ushbu funksiya yordamida topishi osonroq kechadi.

O‘QING: Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

Yangi opsiyaning mohiyati shundan iboratki, foydalanuvchi smartfonni grafik kalit orqali o‘chirish funksiyasini bloklab qo‘yishi mumkin. Shunday qilib qo‘yilsa, uni o‘g‘irlagan yoki topib olgan kishi grafik kalitni chizish orqali qurilmani o‘chira olmaydi. Grafik kalitni beshta urinishda buzish mumkinligini hisobga olsak, bu yaxshi yechimdir.

Shu tariqa, toki akkumulyatorining quvvati tugab, smartfon o‘zi o‘chib qolmagunicha Xiaomi Cloud servisi orqali uni izlab topish imkoni saqlanib qoladi.

Xavfsizlik sozlamalaridagi yangi funksiya GIF-tasvirga aylantirilgan quyidagi qisqa videoda ko‘rsatilgan:

Ushbu opsiya Xitoy hududidagi smartfonlarga taqdim etilgan MIUI 12.5 grafik qobig‘ining 21.6.21 raqamli test jamlanmasida allaqachon ishlamoqda. Uni smartfonning xavfsizlik sozlamalari menyusi orqali faollashtirish mumkin.

MIUI 13 talqini bilan mazkur opsiya barcha Xiaomi smartfonlariga tarqatilishi kutilmoqda. Uning qachon chiqishi ma’lum bo‘lgan, kompaniya allaqachon ilovalarni ushbu grafik qobiq talqiniga moslashtira boshlagan. Qadoqdanoq MIUI 13 proshivkasi bilan chiquvchi ilk smartfon – Xiaomi Mi Mix 4 sertifikatlangan va xususiyatlari oshkor bo‘lgan.

Bulardan tashqari...

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!