Yoshlarbop va arzon Redmi Smart TV X series televizorlari namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  1721
  •  26.05.2020 15:03

Yoshlarbop va arzon Redmi Smart TV X series televizorlari namoyish qilindi

Redmi brendi bugun Dimensity 820 bazasidagi ilk smartfon – Redmi 10X 5G modelini taqdim etdi. Ushbu onlayn marosimda kompaniya yana yangi avlod televizorlarini ham namoyish qildi.

O‘QING: Redmi gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatdi

Redmi Smart TV X series turkumi yoshlarga mo‘ljallangan flagman televizorlar sifatida ilgari surilmoqda. Ularning texnik xususiyatlari, yangi imkoniyatlari va ayniqsa narxi auditoriyani jalb etishda muhim o‘rin tutadi.

Mazkur aqlli televizorlar keng polosali to‘rtta dinamik va alohida sabvuferga ega bo‘lib, MEMC texnologiyasini hamda ovoz yordamida boshqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiquvchilarning aytishlaricha, bu gadjetlar ovozli buyruqlarni 10 metrlik masofadan ham ilg‘ab oladi.

Redmi Smart TV X series televizorlarining apparat ta’minoti asosini ikkita Arm Cortex-A73 va yana ikkita Cortex-A53 yadrosini o‘zida jamlagan protsessor tashkil etadi. Turkumning barcha vakillarida 2 gigabaytlik tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotira mavjud.

Ekran matritsasi NTSC ranglar makonini 85% qamrab oladi, 60 gerslik yangilanish chastotasiga ega va 4K sifatida tasvir uzatishga qodir.

Xiaomi ushbu turkumda uchta modelda smart-televizor chiqaryapti, ular faqat ekranining o‘lchami va narxiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Eng katta – 65 dyuymlik displeyga ega bo‘lgan Redmi Smart TV X uchun 465 dollarlik narx belgilangan, lekin ilk xaridorlar uni 420 dollarga olishlari mumkin. Televizorning o‘rtacha – 55 dyuymligi 320 dollar turadi, lekin boshida uniyam yanada arzon – 280 dollardan sotishadi. Eng ixcham – 50 dyuymlik modelining narxi esa keyinroq oshkor etiladi

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!