YotaPhone xitoyliklarga 3 mlrd rublga sotib yuborildi

  •   Saroy
  •  1015
  •  24.07.2018 17:44

YotaPhone xitoyliklarga 3 mlrd rublga sotib yuborildi

Rostex YotaDevices’dagi o‘zining ulushini sotish bo‘yicha Xitoy investitsiya guruhi  Trinity World Management (TWM) bilan bir bitimga keldi. Rostex o‘zining 25,1 foizlik aksiyalar paketini 3 milliard rubldan ko‘proqqa sotgan. Shunga qaramay,  Rostex mazkur texnologiyaning asosiy elementlarini va ulardan Davlatkorporatsiyasi uchun strategik muhim yo‘nalishlarda foydalanish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.  

O‘QING:YotaPhone 3 taqdimoti: brend rossiyaliklar uchun nega qadrli?

2016 yilda YotaDevices’ning 40 foiz aksiyasi Xitoyning China Baoli kompaniyasi tomonidan sotib olingan edi. Ushbu kompaniya Rostex  bilan birgalikda ikki ekranli uchinchi avlod smartfonini bozorga chiqargandi. Xabarda aytilishicha, qurilmaga bo‘lgan talab avvalgi versiyasining savdo hajmidan ham oshib ketgandi. O‘shanda dastlabki buyurtma hajmi birgina Xitoyning o‘zida birinchi oydayoq yuz ming nusxadan oshgan.

Bitim natijasida Xitoy konsorsiumi aksiyalarning nazorat paketini qo‘lga kiritdi — uning YotaDevices’dagi ulushi  50 foizdan oshadi. Rostexning  YotaDevices’dagi endigi ishtiroki portfel investitsiya xarakteriga ega bo‘ladi. «Kelishuvdan tushgan mablag‘ni Rostex Rossiya biznesi va davlat sektori uchun yuqori texnologiyali fuqarolik mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi», — deb xabar tarqatdi Rostex matbuot xizmati.

O‘QING:YotaPhone 3 tez kunda, kutilganidan arzon bahoda sotuvga chiqadi

Yota Devices 2012 yili Rossiyaning  YotaPhone smartfoni namoyish qilingandan keyin xalqaro miqyosda tanildi. Uning o‘ziga xos jihati ikki ekranga egaligi bo‘ldi. Ushbu ikki ekranning biri hatto qurilmaning quvvati butunlay tomom bo‘lgandan keyin ham ishlay oladi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!