YouTube 2022-yilning eng zo'r videolarini e'lon qildi!

YouTube 2022-yilning eng zo'r videolarini e'lon qildi!

Google Play Store o'zining yildagi eng top ilova va o'yinlarini e'lon qilgani kabi, YouTube ham 2022-yilning eng top videolarini ro'yxatini tuzdi (Amerikaga ko'ra).

Ma'lum bo'lishicha, bu yil YouTube'dagi eng top video Technoblade taxallusi bilan tanilgan YouTuber'ning vafotidan so'ng uning otasi orqali muxlislarga yo'llangan xayrlashuv videosi bo'lgan. Shuningdek, Guardian News tomonidan Uill Smitning Oskar marosimida Kris Rokga tarsaki tushirganligi videosi eng top videolar qatorida ikkinchi o'rinni egallagan.

Uzun videolar bilan birgalikda, YouTube bu yil ilk marotaba eng top qisqa videolar yoxud top Shorts'lar ro'yxatini ham chiqardi. Unga ko'ra, Shangerdanger tomonidan joylangan "G'avvos tuxumni salkam 13 metr chuqurlikda yoradi" mavzuli video eng mashhur Shorts bo'lgan.

YouTube, shuningdek, platformada chiqarilgan qo'shiqlar orasida bu yil Encanto animatsion filmining "We Don't Talk About Bruno" videosi eng mashhur bo'lganligini ma'lum qildi. Ijodkorlar qatorida esa MrBeast ketma-ket uchinchi marotaba YouTube'ning "yil ijodkori" bo'ldi.

O'QING: Telegram anonim virtual raqam xizmatini ishga tushiradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.