YouTube bir qator foydali funksiyalar bilan yangilandi (+video)

  •   DiMaX
  •  1401
  •  08.11.2019 16:10

YouTube bir qator foydali funksiyalar bilan yangilandi (+video)

Google kompaniyasi YouTube videoservisining kompyuterlar va planshetlar uchun yangilangan interfeysini taqdim etdi. Unda foydalanuvchilar uchun foydali bir qator o‘zgarishlar mavjud.

O‘QING: YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

Dasturchilar YouTube interfeysidagi roliklar belgilarini kattalashtirib, tavsiflarini ham kengaytirishgan. Natijada, unda qiziqarli kontentni izlash yanada osonlashgan. Bundan tashqari, sevimli mualliflarning kontenti sezilarli bo‘lib ko‘rinib turishi uchun, bosh sahifaga kanallarning logotiplarini qo‘shishgan.

Kompyuterlar uchun tomosha qilishning qulay navbati paydo bo‘lgan, unda endi ijro etilayotgan rolikni to‘xtatib qo‘ymasdan turib video qo‘shsa bo‘ladi.

Brauzerda bu sahifani yopganingizda navbat ham bekor qilinadi, lekin videoni «Smotret pozje» pleylistiga qo‘shib qo‘yish mumkin.

Videolar va kanallar tavsiya etishni boshqarish funksiyasi endi nafaqat mobil qurilmalarda, balki kompyuterlarda ham paydo bo‘ldi. Yana yaqin orada veb-versiyada bosh sahifani sozlash imkoni ham taqdim etilishi kutilayotir. Unda videolar faqat foydalanuvchining o‘zi tanlagan mavzular aks etadi.

Yangilangan interfeys bosqichma-bosqich yangilanmoqda va yaqin orada to‘laqonli veb-versiyaga hamda Android va iOS tizimli planshetlarning foydalanuvchilariga yetib keladi.

O‘QING: Endi YouTube'ning qo‘shimcha funksiyasi yettita Osiyo davlatida ham mavjud!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!