YouTube’da kuniga 1 milliard soatlik video ko‘rilmoqda

  •   DiMaX
  •  1055
  •  28.02.2017 16:51

YouTube’da kuniga 1 milliard soatlik video ko‘rilmoqda

YouTube foydalanuvchilari har kuni 1 milliard soatlik onlay-videoni tomosha qilmoqda. Bu haqda kompaniyaning texnologiya masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Kristos Gudrou ma’lum qildi, deb yozadi Hilol sayti.

«Agar YouTube orqali 1 milliard soat davomida video tomosha qilaman desangiz, buning uchun sizga 100 ming yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi», – deya yozdi Gudrou kompaniyaning rasmiy blogida.

YouTube videoxostingiga 2005 yilda asos solingan. 1,5 yildan keyin kompaniyani Google sotib oldi. Veb-trafik tahlili bilan shug‘ullanuvchi Alexa Internet kompaniyasi ma’lumotiga qaraganda, YouTube dunyo bo‘yicha eng ko‘p foydalaniladigan ikkinchi sayt hisoblanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!