YouTube’dagi 2018 yilning eng ko‘p ko‘rilgan videolari reytingi

  •   DiMaX
  •  4654
  •  07.12.2018 10:50

YouTube’dagi 2018 yilning eng ko‘p ko‘rilgan videolari reytingi

Google kompaniyasi o‘z an’anasiga ko‘ra, har yil YouTube videoxostingida eng ko‘p tomosha qilingan lavhalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular ikki guruh – oddiy videolavhalar va musiqiy roliklarga ajratilgan.

O‘QING: YouTube’ning 2018 yilda eng ko‘p pul topgan liderlari

Birinchi guruhdagi yetakchi videoning muallifi – Kayli Jenner bo‘lib, uning 11 daqiqalik filmi «To Our Daughter» – «Qizimizga» deb nomlangan. Mazkur rolik uning homiladorlik davri va qizi Stormining tug‘ilishiga bag‘ishlangan.

Fevralda YouTube’ga joylangan ushbu videolavha ilk haftada 55 million martadan oshiq tomosha qilingan, bugungi kungacha esa uni 76 million martadan ortiq ko‘rishgan.

O‘QING: Kutilmaganda YouTube’da filmlar bepul bo‘ldi!

2018 yili YouTube’da eng ommalashgan videoroliklar o‘ntaligi quyidagilardan iborat bo‘lib, ular birgalikda jami 673 million martadan ko‘p tomosha qilingan:

  1. To Our Daughter
  2. Real Life Trick Shots 2 | Dude Perfect
  3. we broke up
  4. Walmart yodeling kid
  5. Do You Hear "Yanny" or "Laurel"? (SOLVED with SCIENCE)
  6. Portugal v Spain - 2018 FIFA World Cup Russia™ - MATCH 3
  7. Build Swimming Pool Around Underground House
  8. Cobra Kai Ep 1 - «Ace Degenerate» - The Karate Kid Saga Continues
  9. Behan Bhai Ki School Life - Amit Bhadana
  10. NGƯỜI TRONG GIANG HỒ PHẦN 6 | LÂM CHẤN KHANG | FULL 4K | TRUYỀN NHÂN QUAN NHỊ CA | PHIM CA NHẠC 2018

O‘QING: Xushxabar: YouTube’da barcha harakatlarni endi maxfiy amalga oshira olasiz!

Mazkur videoxostingdagi eng ommabop musiqiy kliplar ro‘yxatiga kelsak, 2018 yili ispan tilidagi Lotin Amerikasi musiqasi yetakchi ekaniga guvoh bo‘lamiz. Ular kuchli o‘ntalikning naq sakkizta pog‘onasini egallashgan:

  1. Te Bote Remix - Casper, Nio García, Darell, Nicky Jam, Bad Bunny, Ozuna | Video Oficial
  2. Nicky Jam x J. Balvin - X (EQUIS) | Video Oficial | Prod. Afro Bros & Jeon
  3. Maroon 5 - Girls Like You ft. Cardi B
  4. Daddy Yankee | Dura (Video Oficial)
  5. Ozuna x Romeo Santos - El Farsante (Remix) (Video Oficial)
  6. Becky G, Natti Natasha - Sin Pijama (Video Oficial)
  7. El Chombo - Dame Tu Cosita feat. Cutty Ranks (Official Video) [Ultra Music]
  8. Drake - God's Plan
  9. Reik - Me Niego ft. Ozuna, Wisin (Video Oficial)
  10. Vaina Loca - Ozuna x Manuel Turizo (Video Oficial)

Shuningdek, Google’ning ushbu videoxostingi jamoasi 2018 yilning asosiy trendlari haqidagi yangi videolar berib boriluvchi YouTube Rewind kanalini ham ishga tushirdi:

Darvoqe, Terabayt.uz saytimizning YouTube-kanali ham sizga manzur mavzulardagi videolavhalarni e’lon qilib kelayotir – obuna bo‘ling va kuzatib boring!

O‘QING: O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ning «taqdiri» yana noma’lum!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!