YouTube Facebookni o‘g‘irlikda aybladi

YouTube Facebookni o‘g‘irlikda aybladi

YouTube videoxostingi Facebook ijtimoiy tarmog‘ini videolarni o‘g‘rincha ko‘rganlikda va uning foydasini o‘zlashtirganlikda aybladi. YouTube da’vosiga ko‘ra, feysbukda algoritm ijtimoiy tarmoqqa yuklangan video teparoqda ko‘rsatiladigan qilib sozlangan, boshqa platformalarda esa pastda. Bundan tashqari, video ko‘rish boshlanishidan atigi 3 soniya o‘tgach, hisoblagich 1 marta ko‘rilgan deb sanaydi. Facebook foydani muallif kontenti bilan baham ko‘rmaydi. Da’vogar statistikasiga ko‘ra 2015 yilning birinchi kvartalida feysbukda ko‘rilgan eng mashhur 1000 videodan 725tasi avvalroq yutubga yuklangan, so‘ng undan ko‘chirib ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Facebookning bu amali ortidan videoning asl mualliflari 17 mlrd dollar zarar ko‘rgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!