YouTube ilovasi video rezolyutsiya sozlanmasini yangiladi

YouTube ilovasi video rezolyutsiya sozlanmasini yangiladi

YouTube bugungacha internet tezligiga qarab video rezolyutsiyani o‘zi avtomatik belgilar edi. Endi esa vidoe sifati menyusidan foydalanuvchi to‘rta: Avto, Yuqori tasvir sifati, Trafikni tejash va Ilg‘or tanlovlariga ega bo‘ladi. Avtomatik rejim avvalgidek ishlashni davom etadigan bo‘lsa, Yuqori tasvirli sifat rejimi ko‘p trafikni sarflagan holatda yuqori sifatdagi videolarni taqdim etadi. Aniq bo‘lishicha, ushbu rejimda videolar 720p va undan yuqoriroq bo‘lgan rezolyutsiyada taqdim etiladi.

Oldingi video sozlamalari

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Joriy video sozlamalari

Trafikni tejash rejimida esa vidoe rezolyutsiya sifati 480p gacha tushadi. Ammo internet tezligi barqaror bo‘lsa videolar 720p rezolyutsiyada ham uzatilishi mumkin.

Ilg‘or menyusidan foydalanuvchi video rezolyutsiya opsiyalarini topishi mumkin. Bu menyuda o‘rnatilingan sozlama faqat joriy video uchun amal qiladi. Biroq, barcha videolar uchun standart bo‘lgan rezolyutsiyani ham tanlash mumkin. Buning uchun Sozlanmalar panelidan Video sifati menyusiga o‘tish kerak bo‘ladi. Standart rejimni ham mobil aloqa ham Wi-Fi uchun tanlash mumkin.

Video rezolyutsiyani o‘zgartirish uchun qo‘shimcha amallarni bajarish zarurligi sabab, ushbu yangilangan sozlanmalar ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin. Biroq YouTube bu ishni video rezolyutsiyani umuman tushunmaydigan foydalanuvchilarning trafikini tejash uchun amalga oshirgan.

Yangi sozlama hozirda YouTube platformasida mavjud. Agar ilovani oxirgi talqiniga yangilagan bo‘lsangiz, ushbu sozlamalar ilovada paydo bo‘ladi.

O‘QING: Google endi blogerlar nasibasini ham qirqadi (rasmiy video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!