YouTube mobil ilovasiga ikkita foydali funksiya qo‘shilyapti

  •   DiMaX
  •  603
  •  02.06.2021 12:50

YouTube mobil ilovasiga ikkita foydali funksiya qo‘shilyapti

Dunyodagi eng ommabop videoxosting – YouTube servisi dasturchilari unga yangi imkoniyatlarni qo‘shishda davom etishmoqda. Uning mobil kliyentida shu kunlarda ikkita funksiya sinab ko‘rilmoqda.

O‘QING: YouTube’ga hech kimga yoqmaydigan majburiy funksiya 1 iyundan qo‘shiladi

Ulardan birinchisi belgilangan videolavhani uzluksiz qayta-qayta yangratishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ijro etish sozlamalari menyusini ochish va tegishli opsiyani tanlash kifoya.

Videoning uzluksiz takror-takror ijro etilishini to‘xtatish uchun sozlamada ushbu belgini o‘chirib qo‘yish yoki YouTube ilovasini yopish kifoya.

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Videoxosting mobil kliyentiga qo‘shilayotgan yana bir imkoniyat esa mavjud videoroliklardan davomiyligi 60 soniyagacha bo‘lgan parcha qirqib olish va hosil bo‘lgan klipni ulashishni ko‘zda tutadi. Mazkur funksiyaning qaychi ko‘rinishidagi tugmachasi rolik ostidagi «dizlayk» belgisidan o‘ng tomonda joylashgan.

Ushbu ikkala yangi funksiya hozirda test rejimida ayrim qurilmalargagina taqdim etilgan. YouTube mobil kliyentining barqaror talqiniga ularning qachon taqdim etilishi hozircha aytilmayapti, yangilanishlarni kuzatib boring.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.