YouTube Music – musiqiy ilovasi ishga tushdi

YouTube Music – musiqiy ilovasi ishga tushdi

Jahonda eng ko‘p foydalanuvchi tashrif buyuradigan uch saytdan biri bo‘lgan YouTube videoxostingi musiqa ixlosmandlari uchun “YouTube Music” yangi ilovasini AQShda ishga tushirdi. Bu xizmatning musiqiy omborida ko‘plab albomlar, taronalar, videokliplar, konsertlar mavjud. Ta’bga yoqqan musiqani qidirish xizmati bor.

Eslatib o‘tamiz, YouTube saytidan video formatdagi faylni yuklash, tomosha qilish, namoyish etish uchun foydalaniladi. Saytda videoni sharhlash, ulashish imkoni bor. Hozirda YouTube qulayligi va soddaligi bilan jahonda eng ommalashgan videoxosting hisoblanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!