YouTube NFT orqali monetizatsiya qilish va metaolamga kirishni rejalashtirmoqda

YouTube NFT orqali monetizatsiya qilish va metaolamga kirishni rejalashtirmoqda

Amerika video striming platformasi 2022-yilda kontent yaratuvchilar uchun yanada ko‘p imkoniyatlar yaratishni rejalashtirmoqda. Bosh mahsulot direktori Nil Mohan kompaniya blogida NFT mavzusiga to‘xtalib o‘tdi. 

"Web3 ham ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Ishonamizki, blokcheyn va NFT kabi yangi texnologiyalar ijodkorlarga o‘z muxlislari bilan chuqurroq munosabatlar o‘rnatish imkonini beradi. Birgalikda ular yangi loyihalarda hamkorlik qilishlari va ilgari imkoni bo‘lmagan usullarda pul ishlashlari mumkin bo‘ladi." deyiladi xabarda. 

Shunday qilib, yaqin kelajakda kontent yaratuvchilar o‘z muxlislariga surat, video va boshqalarni NFT ko‘rinishida ulashishlari va bundan daromad qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Metaolam ham YouTube e’tiboridan chetda qolmagan. Kompaniya virtual dunyoga kirishni rejalashtirayotgani va bunda birinchi bo‘lib geyming yo‘nalishiga e’tibor qaratishini aytib o‘tgan. 

O‘QING: Metaolamga kirish navbati McDonald's ga keldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!