YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

  •   DiMaX
  •  3571
  •  18.04.2019 11:23

YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Telegram messenjerining Android uchun ishlab chiqilgan kliyentida yaqindagina bitta funksiya yoki xatolik aniqlangan. Uning yordamida YouTube videolarining musiqasini fon rejimida ishga tushirish mumkin ekan!

O‘QING: YouTube’ni «portlatgan» video: tuzni 4 daqiqada uzatib yuborish usulini ko‘rdingizmi?

 Aslida esa, YouTube’dagi ushbu imkoniyat pulli hisoblanadi. Ya’ni, mazkur funksiya YouTube Premium hamda YouTube Music Premium obunachilari uchungina amal qiladi. Telegram’dagi yashirin funksiya (yoki nuqson) esa YouTube videosidagi ovozlarni bepul tarzda, fon rejimida va umuman reklamasiz tarzda tinglashga yordam beradi.

Buning uchun quyidagilarni bajarasiz:

  • YouTube’dagi o‘sha videolavhaga eltuvchi havolani Telegram orqali birovga (yoki «Izbrannoye» orqali o‘zingizga) jo‘nating.
  • Telegram’da o‘sha videoni ishga tushiring, lekin havolaning emas, balki tasvirning ustiga bosing.
  • Video ostida ikkita tugmacha paydo bo‘ladi: o‘ngdagisi shu lavha havolasidan nusxa oladi, chapdagisi esa videoni ochadi. Chap tugmachani bosing.
  • Bo‘ldi, endi ekranni bloklab, videodagi ovozni tinglab ketaverishingiz mumkin. Shuningdek, smartfondagi boshqa ilovalarni ishlataversangiz ham bo‘ladi – YouTube’dagi rolik ovozi esa fon rejimida yangrab turaveradi.

Ushbu usulning yaxshi jihatlari: bir vaqtning o‘zida boshqa ilovadan foydalanib, fon rejimida videolavha ovozini tinglash mumkin; bunda ovozni reklama bo‘lib qo‘ymaydi! Salbiy tomoni esa – ovozni birdaniga to‘xtatib bo‘lmaydi – buning uchun smartfonni blokdan chiqarish va Telegram’ni ochish, keyin esa videoni pauzaga qo‘yish yoki o‘chirish kerak bo‘ladi.

Xo‘sh, sinab ko‘rasizmi?

O‘QING: Telegram’dagi xatolik sababli o‘chirib yuborilgan xabarni tiklash yo‘li topildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!