YouTube Shorts'lari endi videolar bo'limida ko'rsatilmaydi

YouTube Shorts'lari endi videolar bo'limida ko'rsatilmaydi

Hafta boshida katta dizayn o'zgarishlarini chiqarganidan so'ng, YouTube endilikda yana bir muhim interfeys yangilanishini tarqatmoqda.

Endi YouTube'ning TikTok'nikidek qisqa, vertikal videolarini "Videolar" bo'limida ko'rmaysiz, ular endi o'zlarining alohida bo'limlariga ega. Shorts bilan birgalikda jonli efirlar ham alohida xonaga ega bo'lmoqda. Ma'lum bo'lishicha, o'zgarishlar foydalanuvchilar fikriga ko'ra amalga oshirilgan:

"Sizning fikr-mulohazalaringiz asoslanib, biz barcha kanal sahifalarida Shorts, jonli translatsiya va uzun formatli videolar uchun alohida yorliqlarni chiqarishni boshlayapmiz. Biz bu tomoshabinlar uchun ijodkorning kanal sahifasini kashf qilishda o'zlarini qiziqtirgan kontent turlarini topishni osonlashtirishini eshitdik va shuning uchun buni barchangizga yetkazishdan xursandmiz!" deyiladi YouTube qo'llab-quvvatlash sahifasida.

Shunday qilib:

  • Shorts bo'limida faqat qisqa, vertikal videolar bo'ladi. YouTube'ning Shorts lentasida ana shunday videolarni tomosha qilayotib, video egasining sahifasiga o'tsangiz sizga to'g'ridan-to'g'ri ijodkorning Shorts videolari bo'limi ochiladi;
  • Live bo'limida siz barcha jonli efir videolarini: bo'lib o'tgan, rejalangan va ayni vaqtida aktiv bo'lgan videolarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi;
  • Videolar bo'limi esa katta video kontent uchun "uy" bo'lib qoladi.

Yangilanishni tarqatish bugundan boshlangan bo'lib, tez orada siz Videolar bo'limi yonida Shorts va jonli efirlar bo'limini ko'rasiz.

O'QING: Durov Telegram foydalanuvchi nomlari auksionini e'lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!