YouTube Shorts uchun ham monetizatsiyasini test qilmoqda

YouTube Shorts uchun ham monetizatsiyasini test qilmoqda

YouTube o'zining TikTok analogi bo'lgan Shorts'da reklamalarni sinashni boshladi, deya xabar bermoqda Bloomberg. Kompaniya bosh moliya direktorining aytishicha, qisqa videolarni tomosha qilish ancha ommalashgan va hozirda platformaning bu qismi uchun ham monetizatsiya sinovdan o'tkazilmoqda. Hozirda platforma ilovalarni o'rnatish reklamalari bilan tajriba o'tkazmoqda, reklama beruvchilar natijalar yaxshi ekanligini ma'lum qilishgan.

Google'ga ko'ra, YouTube'ning Shorts videolari kuniga 30 milliard marta ko'rilmoqda va bu o'tgan yilgiga qaraganda to'rt barobar ko'proqdir. O'tgan yili kompaniya kontent yaratuvchilarni o'zining Shorts funksiyasidan foydalanishga jalb qilish uchun 100 million dollar ajratgan edi va ommabop videolar yaratgan ijodkorlarga oyiga 10 000 dollargacha pul to‘lashini e'lon qilgan edi.

Ma'lumot uchun: YouTube'ning Shorts xususiyati 2020-yilda ishga tushirilgan.

O'QING: Google Play ilovalar xavfsizlik bo'limini ko'rsatadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!