YouTube taniqli blogerni irqchilikda gumon qilib, kanalini yopib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  458
  •  22.02.2021 10:54

YouTube taniqli blogerni irqchilikda gumon qilib, kanalini yopib qo‘ydi

Ommabop videoxostingYouTube sun’iy intellekti xorvatiyalik taniqli shaxmat blogeri Antonio Radichning kanalini bloklab qo‘ydi. Uning partiyalar haqida mushohadalarini kompyuter irqiy kamsitish va tahdidlar o‘rnida qabul qilgan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: YouTube’dan ilhomlangan 11 yoshli xaker hikoyasi

Radich o‘z kanalida turli shaxmat partiyalarini muhokama qilib boradi, Xikaru Nakamuraning o‘yini muhokama qilingan videoni joylaganidan so‘ng kanal blokka tushib qolgan, yozmoqda Daily Mail.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, tahlillar YouTube shaxmat kanallaridagi sun’iy intellekt 82 foizini «zararli» deb topgan 680 000 ta sharhda hech qanday irqiy kamsitish haqida gap ketmagan, shunchaki «qoralar», «oqlar», «hujum», «xavf» singari shaxmat atamalari ishlatilgan, xolos.

YouTube texnik xizmati bloklash sababini izohlamadi, biroq oradan 24 soat o‘tib kanal yana ochilgan.

Antonio Radich 2007 yildan beri kanalini yuritib keladi, obunachilari soni 700 ming nafardan ziyod.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?