YouTube tez orada Shorts'ni ham monetizatsiya qilishni boshlaydi.

YouTube tez orada Shorts'ni ham monetizatsiya qilishni boshlaydi.

Google'ning taniqli video-striming platformasi, YouTube, o'zining vertikal shakldagi qisqa videolar ulashiladigan Shorts xizmatini ham monetizatsiya qilishga tayyorlanmoqda. The New York Times bergan xabarga ko'ra, kompaniya keyingi yil boshidan boshlab Shorts'ni YouTube Partner Program'ga qo'shishi mumkin. Bunda reklama dasturiga kirish uchun 90 kun ichida 10 million ko'rishlar soniga ega bo'lish kerak. 

Ma'lum bo'lishicha, YouTube Shorts videolaridan keladigan daromadning 55 foizini o'ziga olib qoladi. Qolgan 45% esa kontent yaratuvchilariga beriladi. Taqqoslash uchun: YouTube oddiy videolardan keladigan daromadning 45 foizini o'ziga, qolgan 55 foizini kontent yaratuvchilariga beradi. Shorts videolari uchun kamroq pul to'lashining sababi esa ularda foydalaniladigan musiqalarning mualliflik huquqlari bilan bog'liq: kompaniya ortiqcha pulni musiqa ijodkorlari uchun to'laydi, shunda Shorts yaratuvchilari o'z videolarida istalgan musiqalardan mualliflik huquqlaridan qayg'urmasdan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Qolaversa, YouTube kontent yaratuvchilariga o'z Shorts'larini monetizatsiya qilishning yangicha yo'lini ham ochmoqda. Bu pullik kanal obunasi va "Super Thanks" donat qilish xususiyati bo'ladi. 

YouTube'ning Shorts xizmati o'tgan yilning shu oyida, sentyabrda ishga tushirilgan edi. Hozirda Shorts videolarini oyiga 1.5 milliarddan ortiq odamlar kuniga 30 milliarddan ortiq marta ko'rishmoqda. Bugungi kunga qadar YouTube Shorts kontent yaratuvchilarini fondlar orqali "monetizatsiya" qilib kelayotgan edi, lekin keyingi yildan bu o'zgarishi mumkin. 

O'QING: Intel o‘zining "Celeron" va "Pentium" brend nomlarini o‘zgartimoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.