YouTube’da antirekord: Timur Yunusovning so‘nggi klipi eng ko‘p «dislayk» oldi!

  •   DiMaX
  •  2472
  •  09.09.2019 17:38

YouTube’da antirekord: Timur Yunusovning so‘nggi klipi eng ko‘p «dislayk» oldi!

Asli ismi-sharifi Timur Yunusov bo‘lgan mashhur repper – Timati haqida eshitmagan zamondoshimiz kam topilsa kerak. Uning oxirgi – «Moskva» nomli klipi YouTube’ning rus tilli segmentida «dislayk»lar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

Ushbu rolik mazkur videoxostingga 7 sentyabrda joylangan bo‘lib, atigi ikki kunda 2,8 million marta tomosha qilingan. Biroq foydalanuvchilarning aksariyati uni salbiy baholamoqda: 63 mingtacha «layk» va 849 mingtacha «dislayk»!

Mana o‘sha klip:

Timati kanalida o‘zi 2,6 million nafar obunachi bor. «Moskva» klipi videosi esa ikki kundayoq «Trendlar» bo‘limida 6-o‘ringa ko‘tarildi, ammo asosan salbiy munosabatlar bilan...

O‘QING: Tarixda ilk bor: iPhone’lar taqdimotini YouTube orqali mana shu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!