YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!

  •   DiMaX
  •  4666
  •  02.08.2019 11:45

YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!

Jennel Eliana Long ismli qiz yaqindagina – bundan bir oydan oshiqroq muddat avval YouTube videoxostingida o‘z kanalini ochgandi. Buni qaranki, shu vaqt mobaynida uning obunachilari soni 1 610 770 nafardan oshgan!

O‘QING: YouTube’dagi eng ommabop videolarning 13 yillik tarixini 4 daqiqalik bitta videoda ko‘ramiz!

Jennel o‘zining birinchi videoroligini 26 iyunda e’lon qilgan va ayni damgacha u 7 milliontacha ko‘rilgan. Ikkinchi lavhasi 12 millionlik marradan oshgan bo‘lsa, olti kungina oldin chiqarilgan uchinchi rolik allaqachon 3,5 milliondan oshiq tomosha qilingan.

Lekin eng qizig‘i shundaki, mazkur vloger o‘z lavhalarini sifatli tarzda suratga olish uchun qimmatbaho apparaturadan umuman foydalanmaydi! Jennel o‘zining barcha videolarini faqat iPhone X yordamida s’yomka qilyapti. To‘g‘ri, roliklarni qayta ishlash uchun 29,99 dollarlik LumaFusion ilovasini qo‘llaydi. Shuningdek, smartfonni oddiy uch oyoqli taglikka o‘rnatadi va qo‘shimcha mikrofon ulaydi – videobloging uchun uning bor jihozi shulardan iborat!

Shu tariqa, Jennel Eliana Long yaxshi videobloger bo‘lish uchun qimmatbaho apparaturalar ishlatish ham, professional jurnalist bo‘lish ham talab etilmasligini amalda isbotlamoqda. Buning uchun u ishlatayotgan iPhone X (xarid qilish) singari smartfon hamda qiziqarli kontent ham yetarli.

O‘QING: Naq yuz million obunachiga ega birinchi va yagona YouTube-kanal sizga ham yoqadi!

Yigirma yashar Jennel bu kanalida o‘zining GMC Vandura Explorer Limited minivenidagi sayohatlari va hayoti haqida hikoya qiladi. Business Insider nashriga bergan intervyusida Jennel shunday ta’kidlaydi: «Internetda yurgan mish-mishlarga qaraganda, mening ortimda butun boshli professionallar jamoasi turganmish. Lekin aslida men barchasini o‘zim qilaman va bunda bittagina smartfondan foydalanaman».

Vlogerning eng ko‘p – 12 milliondan ziyod ko‘rilgan videosi mashinada kechadigan mashaqqatli hayot sharoitlarida gigiyena jarayonlarini qanday amalga oshirish haqidadir:

Darvoqe, 2018 yilda internetdan eng ko‘p pul topgan rossiyalik blogerlar haqidagi hamda YouTube haqidagi qiziqarli faktlar keltirilgan maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!