YouTube'da dizlayklar soni endi oddiy foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi

YouTube'da dizlayklar soni endi oddiy foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi

YouTube o‘z servislari bilan foydalanuvchilarning o‘rtasidagi munosabatni tubdan o‘zgartirmoqda. Ushbu platformada endi dizlayklar soni tomoshabinga ko‘rinmaydi. 

O‘QING: Instagram'ga yangi funksiya qo‘shiladi 

Aniqroq qilib aytganda, dizlayk tugmasi hali ham mavjud, foydalanuvchi o‘zi yoqtirmagan videoga dizlayk tugmasini bosishi mumkin. Biroq dizlayklar soni endi faqatgina video yaratuvchisiga ko‘rinadi xolos. 

YouTube'ning takidlashicha, ushbu qaror “dizlayklar hujumi“ni oldini olish uchun qabul qilingan. Ya’ni bir guruh foydalanuvchilar ma’lum sababga ko‘ra biror videoni yoqtirmasalar, ular iloji boricha ushbu videoga ko‘proq dizlayk bosishga harakat qiladilar. 

YouTube shu yilning mart oyidan beri video yaratuvchilarni bunday turdagi hujumlardan himoya qilish yo‘llarini sinab ko‘rmoqda. Kompaniya dizlayklar sonini omma e’tiboridan yashirish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi, bu esa umuman olganda, dizlayklar va dizlayklar hujumlarining kamayishiga olib keldi, chunki tomoshabinlar dizlayklar sonini ko‘ra olmasalar, ularning dizlayk tugmasini bosish ehtimoli ancha kamayadi. 

YouTube ijodkorlari hali ham YouTube Studio'da videoga bosilgan dizlayklar sonini aniq miqdorini ko‘rishlari mumkin. Tomoshabinlar esa dizlayk tugmasidan foydalanishlari tavsiya etiladi, chunki bu orqali YouTube algoritmi ular uchun to‘g‘ri keladigan videolarni taqdim etadi. 

Ommadan dizlayklar sonini yashirish, shubhasiz, onlayn ta’qiblarni oldini olishga yordam beradi. Biroq, bu qaror platforma bo‘ylab boshqa muammolarni yuzaga keltiradi. Tomoshabinlar ko‘pincha videoni ko‘rish yoki ko‘rmaslik, shuningdek, videodagi ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash uchun dizlayklar soniga e’tibor berishadi. 

Dizlayklar soni ko‘rinmasligi sababli, endi sifatli va sifatsiz kontentdagi videolarni bu yo‘l bilan aniqlab olishning imkoni yo‘q. 

YouTube'ning o‘zi dizlayk hujumlariga uchragan. Kompaniyaning YouTube Rewind 2018 videosi hozirda platformadagi eng ko‘p dizlayk yig‘gan video bo‘lib, unga bosilgan dizlayklar soni 19 millionni tashkil etadi. 

O‘QING: Yangi Dimensity chipiga ega bo‘lgan smartfon AnTuTu'da bir milliondan oshiq ballni qo‘lga kiritdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.