YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

  •   DiMaX
  •  2656
  •  29.03.2021 09:09

YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Biz avvalroq TikTok platformasidagi eng serdaromad blogerlar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etgani haqida yozgan edik. Navbatdagi xabarimiz esa asli ozarbayjonlik bo‘lgan egizak – Rauf va Faig Mirzayevlar haqida.

O‘QING: «Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

Ijevskda tug‘ilgan ushbu ozar farzandlari bolalikdan musiqaga oshno bo‘lib, mahalliy ijod uyidagi vokal studiyasiga qatnashishgan. Keyinchalik tahsilni estrada studiyasida davom ettirib, 2018 yili 17 ta qo‘shiqdan iborat ilk musiqiy albomni chiqarishgan.

Hozirgi kunda Rossiyada ancha shuhrat qozongan aka-uka Mirzayevlar internetdagi eng ommabop videoxosting – YouTube platformasida ham kanal ochishgan. Asosan kliplar joylab borilayotgan mazkur kanalning 4,3 million nafardan oshiq obunachisi mavjud. Quyida ularning eng ommabop qo‘shiqlaridan biri – «Bolalik»ning klipini tomosha qilamiz:

Egizak xonandalarning Instagram tarmog‘i orqali ma’lum qilishlaricha, ularning YouTube-kanalida jami ko‘rishlar soni 1 milliarddan oshib ketgan. Rauf hamda Faig Mirzayevlar buning uchun o‘z muxlislariga minnatdorchilik bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma e’lon qilganmiz. Shuningdek, bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, OK, VKontakte) olish usuli haqidagi xabarimiz bilan ham tanishishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!