YouTube'da endi ikki kishi birgalikda jonli efir qilish mumkin

YouTube'da endi ikki kishi birgalikda jonli efir qilish mumkin

O'tgan yil oxirida YouTube o'zining "Go Live Together" (o'zbek tilida "Birgalikda jonli efirga chiqish") funksiyasini e'lon qilib, uni sinovdan o'tkazishni boshlagan edi. Ma'lum bo'lishicha, bir necha kun avval ushbu xususiyatni barcha uchun tarqatish boshlangan.

Endi 50 dan ortiq obunachilarga ega YouTube kanal egalari o'zlarining do'stlari bilan birgalikda jonli efir qilishlari mumkin. Bunda jonli efirni boshlovchi odam istalgan odamni o'zining mehmoni sifatida jonli efirga taklif qila oladi, ya'ni mehmon YouTube kanalida kamida 50 obunachi bo'lishi talab qilinmaydi. Biroq, siz faqat bittagina odamni "mehmon" qila olasiz.

Funksiyadan foydalanish uchun:

  1. YouTube ilovasini eng so'nggi versiyaga yangilangang va uni oching
  2. Pastki markazdagi "Yaratish", ya'ni "+" tugmasini bosing
  3. Yangi qalqib chiqqan oyna menyusidan "Go Live Together" tugmasi bosing
  4. Keyingi oynada jonli efir mavzusi, tavsifi, monetizatsiya sozlamalari va boshqalarni sozlab olganingizdan keyin Done tugmasini bosing
  5. Mehmon taklif qilish uchun ko'rsatilgan linkdan nusxa oling uni mehmonga jo'nating yoki o'sha yerdan linkni to'g'ridan-to'g'ri ulashing.
  6. Mehmon linkni bosgandan so'ng "kutish xonasi"ga kiradi. O'zingiz tayyor bo'lganingizdan keyin Go Live tugmasini bosing. Jonli efir boshlanganida mehmoningiz kutish xonasiga kelgan bo'lsa, siz uni ko'rasiz. "Qo'shish" tugmasini bosish bilan esa birgalikda jonli efirga chiqasiz. 

Garchi "Go Live Together" kanalingizda 50 ta obunachi bo'lmangan taqdirda sizga ko'rinib tursa ham, siz mehmon bilan jonli efir boshlay olmaysiz.

Jonli efir boshlovchisi mehmon bilan bo'lgan strim statistikasini o'zining YouTube Studio'sida ko'rishi mumkin, ammo bu mehmonga ko'rinmaydi. Shuningdek, ikki kishilik jonli efirda ham reklamalar chiqishi mumkin. Bunda ular faqat mezbon kanalida ko'rsatiladi.

Aytish kerakki, bu funksiya faqat YouTube'ning mobil ilovalarida ishlaydi, kompyuterda emas. Siz kompyuter orqali "Birgalikda jonli efirga chiqish" vaqtini rejalashtirishingiz mumkin, lekin unga siz ham, mehmon ham mobil qurilmalaringizdagi YouTube ilovasi orqali ulanishingiz kerak bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, ko'pchilik YouTuber'lar jonli efirga chiqishda o'zlarining kompyuterlari bilan sifatli kameralardan foydalanishadi. "Birgalikda jonli efirga chiqish" funksiyasining kompyuterda qo'llab-quvvatlanmasligi esa mantiqsiz ekanligini YouTube'ning o'zi ham juda yaxshi biladi va shu sabab ular hozirda buning ustida ishlashmoqda.

Yangi funksiyani ham Android, ham iOS uchun tarqatish boshlangan va allaqachon ko'pchilik uchun mavjud.

O'QING: Twitter o‘zining bepul APIni ko‘proq pul ishlash uchun pullik qilmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!