YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma

  •   DiMaX
  •  16058
  •  20.01.2020 14:20

YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma

Dunyodagi eng ommabop videoxosting bo‘lgan YouTube’da videoblogerlar ko‘p, ular safiga qo‘shilishni istovchilar ham kam emas. Quyidagi yo‘riqnoma bu borada asqotishi tabiiy.

O‘QING: 2019 yilda eng ko‘p pul topgan YouTube-blogerlar: kuchli uchlikda ikkita bolakay!

Buning uchun oldin YouTube servisida Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz (avtorizatsiya qilishingiz) lozim. Agarda haliyam akkauntingiz yo‘q bo‘lsa, «Voyti» tugmachasini bosib, keyin «Sozdat akkaunt»ni tanlab, uyog‘iga tizim ko‘rsatmalariga rioya qilsangiz, tezda akkaunt ochib olasiz.

Google akkauntingiz bilan YouTube’ga kirganingizdan keyingina kanal ochishga kirisha olasiz. Mazkur xostingda ikki xil videokanal ochsangiz bo‘ladi: shaxsiy (o‘z nomingiz bilan) hamda shaxsiy bo‘lmagan (istalgan nom bilan).

O‘QING: Gmail akkauntni o‘chirish va qayta tiklashni bilasizmi?

Demak, yuqoridagi ikki xil kanal ochish usullarini va ularning o‘ziga xosliklarini, keyin esa kanalni ishga tayyorlashni ko‘rib chiqamiz.

YouTube’da shaxsiy kanal ochish

Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.

Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan:

Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin.

O‘QING: Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan ekan:

Demak, ayni mana shu joyni bosib, shaxsiy kanalingizni o‘zingiz yaratasiz va «S vashim imenem» variantini tanlaysiz:

Buyog‘iga tizim yo‘riqnomalariga amal qilib, shaxsiy vlogingizni yaratib olaverasiz.

O‘QING: Yuz million obunachisi bor vloger YouTube’ni nega tark etyapti?

Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish

Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.

Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.

Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat» tugmachasini bosasiz. Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.

Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «Nastroyki»ni topib, ustiga bosasiz.

Endi ochilgan oynada «Dobavit ili udalit administratorov kanala» yozuvi ustiga chertasiz:

So‘ng «Nastroyki dostupa» bo‘limiga o‘tasiz:

Mana shu yerdagi «Priglasit polzovateley» belgichasi ustiga chertib, kanalni birga boshqarishi kerak bo‘lgan kishilarning rollari va pochta manzillarini ko‘rsatasiz:

Siz shaxsiy bo‘lmagan YouTube‑kanalni boshqarish uchun uning egasi (vladelets), ma’muri (administrator) hamda menejerini belgilay olasiz. Ulardan har birining rollari haqida esa mana bu havola orqali Google ma’lumotnomasidan (rus tilida) o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: Eng mashhur blogerlarning orqasida kim turibdi?

Yangi ochilgan YouTubekanalni ishga tayyorlash

  1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube’ning ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15 daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.
  2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube‑kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek, o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Qani, videokanal ochishni hoziroq boshlaymizmi? Buning uchun siz professional bo‘lishingiz ham shartmas, videokamera ham kerak bo‘lmaydi, yana pul topish ham mumkin...

O‘QING: YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!