YouTube’da reklamadan eng ko‘p pul topayotgan rossiyalik blogerlar (Forbes reytingi, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  2308
  •  31.10.2020 15:16

YouTube’da reklamadan eng ko‘p pul topayotgan rossiyalik blogerlar (Forbes reytingi, 2020 yil)

Forbes yaqinda TikTok tarmog‘ida pul ishlayotgan rusiyzabon blogerlarning birinchi reytingini e’lon qilgan edi. O‘zbek millatiga mansub, 22 yoshli Rahim Abramov unda reyting yetakchisi bo‘lgan.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Endi esa Forbes eng ommaviy videoxosting – YouTube tarmog‘ida aynan reklamadan ko‘p pul topayotgan rus tilli blogerlar reytingini taqdim etdi. Quyida ularning nomlari, kanal manzili, obunachilar soni va reklamadan olayotgan daromadi haqida ma’lumotlarni keltirmoqdamiz.

1-o‘rin: LABELCOM

Kanal nomi: LABELCOM.

Obunachilar soni: 4,5 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $3 550 000.

2-o‘rin: Valentin Petuxov

Kanal nomi: Wylsacom.

Obunachilar soni: 9,6 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $3 410 000.

3-o‘rin: Aleksandr Gudkov

Kanal nomi: Chiken Karri.

Obunachilar soni: 2,5 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $1 130 000.

4-o‘rin: Yuriy Dud

Kanal nomi: vDud.

Obunachilar soni: 8,2 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $980 000.

5-o‘rin: Anton Lapenko

Kanal nomi: Lapenko.

Obunachilar soni: 2,8 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $980 000.

6-o‘rin: Aleksey Pivovarov

Kanal nomi: Redaksiya.

Obunachilar soni: 1,6 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $920 000.

7-o‘rin: Dima Gordey

Kanal nomi: Dima Gordey.

Obunachilar soni: 5,5 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $850 000.

8-o‘rin: Kseniya Sobchak

Kanal nomi: Kseniya Sobchak.

Obunachilar soni: 1,8 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $840 000.

9-o‘rin: Dima Maslennikov

Kanal nomi: Dima Maslennikov.

Obunachilar soni: 8,6 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $780 000.

10-o‘rin: Konstantin Zarutskiy

Kanal nomi: AcademeG.

Obunachilar soni: 4,8 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $660 000.

11-o‘rin: Irina Shixman

Kanal nomi: A pogovorit?.

Obunachilar soni: 1,4 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $650 000.

12-o‘rin: Nikolay Sobolev

Kanal nomi: SOBOLEV.

Obunachilar soni: 5,2 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $600 000.

13-o‘rin: Erik Davidich

Kanal nomi: smotraTV.

Obunachilar soni: 4 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $510 000.

14-o‘rin: Andrey Shirgin

Kanal nomi: HiMan.

Obunachilar soni: 15,1 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $490 000.

15-o‘rin: Alisher Morgenshtern

Kanal nomi: MORGENSHTERN.

Obunachilar soni: 8,2 mln.

Reklamadan yillik daromadi: $470 000.

Forbes’dan aniqlik kiritishlaricha, mazkur reytingni ular WhoIsBlogger tadqiqot kompaniyasi tuzishgan. Bunda kontent yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar, shuningdek YouTube’ning o‘zidagi monetizatsiya va donata tushumlari hisobga olinmasdan, aynan reklamadan kelayotgan daromadgina hisoblangan. Reytingda kanallarning reklama orqali 2019 yil 1 sentyabrdan to 2020 yil 31 avgustgacha olgan daromadlari aks ettrilgan.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!