YouTube’da yangi funksiya – «kliplar» ishga tushyapti (video)

  •   DiMaX
  •  1125
  •  30.01.2021 17:01

YouTube’da yangi funksiya – «kliplar» ishga tushyapti (video)

Ommabop videoxosting – YouTube servisi «kliplar» (Clips) funksiyasini sinovdan o‘tkazyapti — unga ko‘ra, odatiy videolar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalardan istalgan qismini qirqib olib, boshqa foydalanuvchilarga ulashish mumkin, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: «Putinning maxfiy saroyi»: bir kunda rekord o‘rnatgan videoni tomosha qiling!

«Kliplar» taym-kodlardan qulayroq: unda videoning o‘zingizga kerakli qismini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqata olasiz, saytga joylaysiz, elektron pochtada jo‘natishingiz yoki unga havola yaratishingiz mumkin. Bitta klipning uzunligi 5–60 soniyani tashkil etadi.

Yangi funksiya hozir alfa-testlash bosqichida, cheklangan foydalanuvchilar uchun ochiq, deyiladi servis vakillari axborotida. «Kliplar»ni ham hozircha YouTube videoxostingining veb-talqinida yaratish mumkin, mobil ilovalarda bu imkoniyat keyinroq paydo bo‘ladi.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Yangi funksiyani quyidagi rolik misolida sinab ko‘rish mumkin. Buning uchun «Klip yaratish» («Sozdat klip») tugmasi bosiladi (dizlayk belgisi yonida joylashgan), vaqt chegaralari tanlanadi, sarlahva qo‘yiladi (140 belgigacha), so‘ngra «Klipni ulashish» («Podelitsya klipom») tugmasi bosiladi.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: «Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.