YouTube’dagi intervyuga javoban Innovatsion rivojlanish vazirligi: «Vazirlikni B. Hamzayev tashkil etmagan!»

  •   DiMaX
  •  440
  •  28.05.2020 14:55

YouTube’dagi intervyuga javoban Innovatsion rivojlanish vazirligi: «Vazirlikni B. Hamzayev tashkil etmagan!»

26 may kuni bloger Kirill Altmanning Behruz Hamzayevdan olgan intervyusi YouTube ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan. Ushbu suhbat «Vazirlikni ochish — oson, O‘zbekistonni Innovatsion mamlakat qilish — qiyin» sarlavhasi bilan e’lon qilingan.

O‘QING: Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi

B. Hamzayev suhbat davomida «Innovatsion rivojlanish vazirligining g‘oyasi mendan chiqqan, ular vazirlik nomini ham noto‘g‘ri qo‘ygan» deb fikr bildiradi.

Vazirlik Axborot xizmati qayd etishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. Bunga bag‘ishlangan Farmon va qarorlarni yozish ishlarida uning ishtiroki haqida hech qanday rasmiy ma’lumotlar ham yo‘q.

«To‘g‘ri, iqtidorli yosh mutaxassis tomonidan bloger K. Altmanga ko‘rsatilgan «O‘zbekiston Respublikasining kelajak, novatorlik va hamkorlik vazirligi» deb nomlangan broshyurasi uch yil avval mas’ul xodimlarga taqdim etilgan va uning bu g‘oyasini kimdir qo‘llab-quvvatlagan ham bo‘lishi mumkin. Lekin bu uning «Innovatsion rivojlanish vazirligini men tashkil etganman» deyishi uchun asos bo‘la olmaydi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Intervyuda Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilganidan beri biror ish qilmagani haqida ham gapiriladi. Vazirlik bu gaplarining o‘rinsiz va asossiz ekanini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltirgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube videoxostingida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!