YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2160
  •  05.02.2020 12:49

YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

Google kompaniyasi YouTube videoxostingini 2006 yili 1,65 milliard dollarga xarid qilgan va rivojlantirib kelayotir. Ammo undagi asosiy daromad manbai bo‘lmish reklamalardan qancha pul topayotganini shu paytgacha aytmagan edi.

O‘QING: Eng mashhur blogerlarning orqasida kim turibdi?

Endi esa Google’ga eglik qiluvchi Alphabet kompaniyasi bu boradagi ma’lumotni o‘zining 2019 yil bo‘yicha moliyaviy hisobotida e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, YouTube’dagi reklamalar o‘tgan yili 15 milliard dollardan oshiq foyda keltirgan. Bu esa 2018 yilgiga nisbatan naq 36 foizga ko‘p ko‘rsatkichdir.

Alphabet’ning bulturgi barcha daromadlari 162 milliard dollarga yetgan. Bu degani – ushbu mablag‘ning deyarli 10 foizini u YouTube orqali olgan.

O‘QING: 2019 yilda eng ko‘p pul topgan YouTube-blogerlar: kuchli uchlikda ikkita bolakay!

Aytish kerakki, YouTube reklamadan tashqari yo‘llar orqali ham daromad keltiradi. Masalan – videoni reklamasiz ko‘rish imkonini beruvchi pulli Premium obunasi, pulli YouTube Music xizmati (lekin Telegram orqali bundan bepul foydalanish usuli topilgan!) kabilar.

Agarda siz ham YouTube’da videokanal ochishni istasangiz, buning eng oson usuli mana bu yo‘riqnomamizda qadam-baqadam ko‘rsatib berilgan. Kanal yuritish uchun siz professional bo‘lishingiz ham shartmas, videokamera ham kerak bo‘lmaydi, yana pul topish ham mumkin...

O‘QING: YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.