YouTube’dagi yangi qulaylikdan endi siz ham foydalana olasiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  1551
  •  29.05.2020 12:55

YouTube’dagi yangi qulaylikdan endi siz ham foydalana olasiz! (+video)

Google’ga qarashli ommabop videoxosting – YouTube o‘tgan oyda foydali funksiya – uzun roliklarning alohida qismlarga ajratilishini anons qilgandi. Katta videomateriallar bo‘ylab navigatsiyani osonlashtiruvchi mazkur imkoniyat endi barcha foydalanuvchilarga taqdim etildi.

O‘QING: YouTube’dagi intervyuga javoban Innovatsion rivojlanish vazirligi: «Vazirlikni B. Hamzayev tashkil etmagan!»

YouTube servisi bu haqda o‘zining rasmiy Twitter-akkaunti orqali xabar berdi. Shu bilan birga, yangilangan navigatsiya tizimini namoyish etuvchi videolavhani ham ulashdi:

Endi tomoshabinlar YouTube’da pleyerning vaqt shkalasi bo‘ylab joylangan “xatcho‘p” (zakladka)lardan foydalana oladilar – ularning har birida yaxlit rolikning tegishli qismidagi kontentning qisqa tavsifi beriladi.

O‘QING: YouTube o‘n besh yoshda: eng yirik videoxosting haqida 10ta qiziq fakt (+video)

Mualliflar o‘z videolarini qismlarga bo‘lishlari majburiy emas; agar lavha qismlarga ajratilmagan bo‘lsa, videoni oldinga va orqaga surish 10 soniyalik qadamlarda amalga oshiriladi. Agarda muallif videorolikni xatcho‘plar joylaydigan bo‘lsa, ularning soni uchtadan ko‘p, har birining davomiyligi esa 10 soniyadan oshiq bo‘lishi lozim.

YouTube’ning yangi funksiyasi uning Android hamda iOS platformalaridagi kliyentlarida ham, servisning desktop talqinida ham barchaga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!