YouTube’dan ilhomlangan 11 yoshli xaker hikoyasi

  •   DiMaX
  •  1771
  •  06.02.2021 16:58

YouTube’dan ilhomlangan 11 yoshli xaker hikoyasi

Hindistonlik Radjiv Kumar ismli kishining elektron pochta manziliga xakerlar maktub yo‘llab, pul talab qila boshlashdi. Ular «oilaviy va shaxsiy suratlaringni qo‘lga kiritganmiz, pul bermasang ularni tarqatib yuboramiz», deya tahdid qilishardi.

O‘QING: «Videolaringni TikTok’da tarqataman!» – Samarqandda tovlamachi qo‘lga olindi

Elektron xat orqali tovlamachilik qilayotgan kishi Kumardan 10 million rupiy talab qilar edi; bu esa taxminan 138 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Shantajchi uning o‘zini va oila a’zolarini kuzatayotganlarini aytib tahdid qilar edi.

Kumar keyinroq o‘zining pochtasi himoyasi buzib kirilganini payqab qoldi – uning paroli o‘zgartirilgan, akkaunti bog‘langan uyali telefon raqami ham almashtirilgan ekan.

Shunda u politsiyaga murojaat etdi; u yerdagi mutaxassislar esa elektron maktublar jo‘natayotgan kimsaning IP-manzili Kumarniki bilan bir xil ekanini aniqlashdi. Ya’ni, pul talab qilib xat yuborayotgan kishi Kumarning o‘z uyidan internetga kirayotgan edi!

Politsiya o‘z ishini qildi – Kumarning oila a’zolarini so‘roqqa tutdi. Shunda darhol uning 11 yashar o‘g‘li aybni bo‘yniga oldi. O‘zining iqror bo‘lishicha, bolakay YouTube tarmog‘idagi xakerlik haqidagi roliklardan ilhomlangan va bu borada o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan ekan.

Darvoqe, siz ham xakerlikka qiziqadigan bo‘lsangiz, biz uni o‘rganishda asqotuvchi beshta kitob ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Shuningdek, «oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs haqidagi qo‘llanmamiz ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!