YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  3819
  •  12.06.2020 14:00

YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Yaqindagina biz Google kompaniyasi YouTube servisini reklamalarga to‘ldirib tashlamoqchi ekanligi haqida yozgandik. Reddit foydalanuvchilari esa undagi videoni reklamasiz tomosha qilish yo‘lini topishdi.

O‘QING: YouTube’dagi yangi qulaylikdan endi siz ham foydalana olasiz! (+video)

YouTube tarmog‘idagi istalgan bir lavhani reklamasiz ko‘rish uchun, brauzerning manzil qatoridagi «.com» qismidan so‘ng bitta nuqta qo‘yish kifoya ekan!

Masalan, YouTube’dagi videoning odatdagi havolasi bunaqa ko‘rinishda bo‘ladi:

https://www.youtube.com/watch?v=SRA8H_DJpng

Xuddi shu videoni reklamasiz ko‘rish uchun manzilidagi «.com» qismidan so‘ng nuqta qo‘yilgan ko‘rinishi:

https://www.youtube.com./watch?v=SRA8H_DJpng

Aytish kerakki, bu usul faqat kompyuter va noutbuklardagi brauzerlarda ishlaydi, mobil qurilmalarda esa havolaning avtomatik to‘g‘rilanib qoladi. Mazkur usulda nafaqat kerakli videorolik boshlanmasidan oldin ko‘rsatiluvchi reklama lavhasi, balki rolik o‘rtasidagi reklamalar ham olib tashlanadi.

O‘zingiz sinab ko‘ring va do‘stlaringizga ham ushbu qo‘llanma-maqolani ulashing!

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!