YouTube’ga hech kimga yoqmaydigan majburiy funksiya 1 iyundan qo‘shiladi

  •   DiMaX
  •  1408
  •  22.05.2021 10:50

YouTube’ga hech kimga yoqmaydigan majburiy funksiya 1 iyundan qo‘shiladi

Google kompaniyasi avvalroq YouTube tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan blogerlarning rizqini shu yilning iyunidan qirqa boshlashini aytgan edi. Endi esa u mazkur xostingda foydalanuvchilarga (kanal mualliflariga ham) yoqmaydigan yana bir yangilik paydo bo‘lishini e’lon qildi.

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Qisqa qilib aytganda, YouTube shu yilning 1 iyunidan barcha roliklarda reklama ko‘rsatishni boshlaydi. Eng qizig‘i – Google bunda hamkorlik dasturiga qo‘shilmagan rolik yaratuvchilarga bu reklama pulidan ulush bermoqchi emas!

Aytish kerakki, hozircha faqat hamkorlik dasturiga qo‘shilgan kanal egalarining lavhalarida reklama ko‘rsatilib kelmoqda. Unga qo‘shilish uchun esa kanalda obunachilar soni mingtadan kam bo‘lmasligi, shuningdek, oxirgi 12 oy ichida kanaldagi lavhalar jami to‘rt ming soatdan oshiq ko‘rilgan bo‘lishi talab etiladi. YouTube bunda videoroliklarida ko‘rsatilgan reklamalardan tushgan pul hisobidan kanallar egalariga ulush chiqarib beradi.

1 iyundan esa barcha roliklarga reklama qo‘shiladi, lekin hamkorlik dasturiga kirmagan kontent yaratuvchilar bundan foyda ko‘rishmaydi. YouTube ushbu amaliyotni AQShda o‘tgan yilning noyabridayoq joriy etgan edi, endi esa uning yangicha pul ishlash strategiyasi butun dunyo bo‘ylab tatbiq qilinadi.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!