YouTube’ni ham bozor qilib yuborishyapti. Rasmiy va ulkan bozor!

  •   DiMaX
  •  617
  •  10.10.2020 12:20

YouTube’ni ham bozor qilib yuborishyapti. Rasmiy va ulkan bozor!

Dunyodagi eng yirik videoxosting servisi bo‘lgan YouTube endi bozorga aylanishi mumkin. Kompaniya foydalanuvchilarga videoda taqdim etilgan tovarlarni ko‘rish, tanlash va sotib olishga ruxsat berishni xohlamoqda. Bu to‘g‘rida Bloomberg xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

Yaqinda YouTube kontent yaratuvchilarni o‘z videolarida namoyish etilgan mahsulotlarni belgilash va kuzatib borish uchun YouTube’ning maxsus dasturidan foydalanishni taklif qila boshladi. Keyinchalik, bu ma’lumotlarni tahlil va Google xarid qilish vositalari bilan bog‘lash mumkin. Maqsad – dunyodagi eng katta video xizmatni tomoshabinlar platformada qolish vaqtida xaridlarni amalga oshiradigan ulkan tovar katalogiga aylantirishdir, deya xabar beradi agentlik manbalari.

YouTube vakili Bloomberg’ga kompaniya haqiqatan ham ushbu xususiyatlarni ma’lum video kanallarda sinab ko‘rayotganligini tasdiqladi, jarayonni eksperiment deb atadi va boshqa tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.

Agar tajriba muvaffaqiyatli bo‘lsa, YouTube reklama gigantidan Amazon va Alibaba kabi elektron tijorat yetakchisiga aylanadi. Platformaning o‘zi aynan qanday qilib pul ishlab topishi hozircha aniq emas.

O‘QING: YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

Google onlayn tijorat sohasida bir necha bor harakat qildi, ammo unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi – YouTube’da monetizatsiya hali ham reklama bilan bog‘liq. Agentlikning ta’kidlashicha, bu yil Amazon savdolari keskin o‘sdi va Google daromadlari ikkinchi chorakda ilk marta kamaydi.

Google rahbarlari allaqachon YouTube korporatsiyaning elektron tijorat strategiyasining markaziy elementiga aylanishiga ishora qilishgan. Xususan, Sundar Pichai platformada ommabop bo‘lgan qutisiz videolarning ko‘pligi ularni xarid qilish do‘koniga aylantirish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini aytdi. Ushbu maqsadlar uchun boshqa mashhur YouTube formatlari mos keladi, masalan, pardoz va oshpazlik darslari, ularning yaratuvchilari turli xil mahsulotlarni faol ravishda reklama qiladilar.

Amazon va Walmart Inc. xaridlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri videofilmlardan amalga oshirish uchun ular bir necha yillardan buyon shug‘ullanib kelmoqdalar, ammo hozircha katta muvaffaqiyatga erishilmagan. Ammo TikTok’ning xitoycha versiyasi Douyin platformasida bu allaqachon haqiqatga aylangan. Jonli efir paytida blogerlar reklama qilingan tovarlarni yuz millionlab foydalanuvchilarga sotishlari mumkin.

O‘QING: YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!