YouTube'ning eng ko'p obunachiga ega "qiroli" o'zgardi

YouTube'ning eng ko'p obunachiga ega

YouTube'dagi eng taniqli kanallardan biri, PewDiePie endi platformadagi eng ko'p obunachiga ega kanal emas. 9to5Google nashrining xabar berishicha, MrBeast bu borada undan o'tib ketdi.

Dexerto tomonidan yozib olingan videoga ko'ra, MrBeast yoxud Jimmi Donaldson YouTube kanali 15-noyabr kuni 112 milliondan ortiq obunachilar bilan "YouTube'da eng ko'p obuna bo'lingan kanal" nomini qo'lga kiritdi. Shu kunga qadar PewDiePie nomi bilan tanilgan Feliks Arvid Ulf Kjellberg YouTube'dagi eng ko'p obunachiga ega kanal tojiga egalik qilib kelayotgan edi. Hozirda uning obunachilari soni 111 milliondan oshiq.

MrBeast YouTube kanali birinchi marta 2010-yil boshlarida ishga tushirilgan bo'lib, u 2017-yillarga kelganda muvaffaqiyat qozonishni boshlagan. So'nggi yillarda MrBeast kanali o'tgan yilgi Squid Game filmining haqiqiy hayotda qayta yaratilishi kabi qiziqarli videolari va Jimmining 100 minglab dollar sovg'alarni saxiylik berib yuborishlari bilan mashhur bo'ldi.

Aslida YouTube'da eng ko'p obunachiga ega kanal ushbu kontent yaratuvchilar kanali obunachilaridan ikki baravar ko'proq – Hindistonning T-Series musiqaviy YouTube kanali 229 million obunachilarga ega.

O'QING: Yangicha dizayn bilan YouTube yanada chiroyliroq ko‘rinmoqda